Turkiyaning Albayrak Holding kompaniyasi Çilonzor tumani hokimi örinbosari Abduhamid Abduqodirov bilan muzokaralar davomida Beşyoğoç bozori örnida yirik biznes markaz quriş taklifini berdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, muzokaralar onlayn formatda ötkazilgan va unda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mas’ullari ham iştirok etgan.
Hokimlikning ma’lum qilişiça, muzokaralar davom etmoqda.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgaç, tuman hokimligi loyiha hozirça faqat muhokama bosqiçida ekanini bildirdi.
«Tumandagi Beşyoğoç dehqon bozori örnida yirik biznes markazi taşkil etiş faqat muhokama bosqiçida bölib, bu borada turk kompaniyasining taklifi tinglandi. Ayni vaqtda loyiha aniq amalga oşişi, uning muddatlari va qiymati haqida heç qanday rejalar yöq. Bunga öxşaş takliflar yana bölsa, tumanga investitsiya kiritiş maqsadida hokimlik investorlar bilan uçraşişga tayyor», — deyiladi xabarda.
Beşyoğoç bozori hududi Furqat va Beşyoğoç köçalari çorrahasida joylaşgan tarixiy ansamblga tutaş. Töğridan töğri bozor atrofida 1930 yillarda qurilgan turar joy binolari joylaşgan.
Eslatib ötamiz, dekabr oyida Xitoy kompaniyasi Askiya bozorining 1,83 gektar maydondagi mulki va hududi böyiça tenderda ğolib çiqqani töğrisida xabar berilgandi. Ikki qatnaşçi iştirokidagi auksion 15 daqiqa davom etgan va 225,59 milliard sömlik bitta stavkadan söng yakunlangan.
Şuningdek, Yunusobod bozori örnida zamonaviy savdo va biznes markazi qurilişi xabar qilingan.

















