Moskva markazidagi Olxovaya köçasida joylaşgan Rossiya Mudofaa vazirligi binosida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) aksilrazvedka boşqarmasi xodimi Vladimir Feşçenko ölik holda topildi, deb xabar bermoqda TASS agentligi 14 yanvar, seşanba kuni. «Tekşiruv çoğida boşidan öq jarohati aniqlangan. Qotillikka harbiy xizmatçi bilan maişiy janjal sabab bölgan», — dedi agentlik manbasi.

TASS manbasining aniqlik kiritişiça, jinoyatda gumonlanuvçi qölga olingan. Qotillik moddasi böyiça jinoiy iş oçilgan.

Tergov jarayonidan xabardor manbaning RBK agentligiga aytişiça, asosiy versiya qotillikdir. "Öq ikki erkak örtasidagi janjal natijasida otilgan bölişi mumkin", dedi u.

Feşçenko - toş kötariş böyiça Rossiya çempioni.

FSB rossiyalik harbiylarga qarşi teraktlar oldi olinganini xabar qilgan

26 dekabr kuni Federal xavfsizlik xizmati rossiyalik yuqori martabali harbiy xizmatçilar va ularning yaqinlariga qarşi Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlangani aytilgan qator teraktlarning oldi olingani haqida ma’lum qildi. FSB uşbu suiqasdlarni tayyorlaşda iştirok etgani aytilayotgan tört nafar Rossiya fuqarosi hibsga olingani va ulardan «qölbola portlovçi qurilmalar va aloqa vositalari» musodara qilingani haqida xabar berdi.

Hujumlar nişoniga aylanişi mumkin bölgan yuqori martabali rossiyalik zobitlar Rossiyaning Ukrainadagi keng kölamli uruşida qatnaşmoqda, deya aniqlik kiritdi FSB.

Moskvada general Kirillovning öldirilişi

17 dekabr kuni Moskvada Rossiya Qurolli kuçlarining radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik mudofaa qöşinlari boşliği general-leytenant Igor Kirillov va uning ad’yutanti Ilya Polikarpov öldirildi. Tergovçilarning taxminiga köra, portlovçi qurilma ular çiqib ketayotgan kiriş eşigi yonida turgan samokatga örnatilgan. The Wall Street Journal, Reuters va "Ukrinform" manbalarga tayanib, portlaşda Ukraina maxsus xizmatlarining iştiroki haqida yozgan. SBUdagi manbaning VVS'ga aytişiça, Kirillov «harbiy jinoyatçi» sifatida «maxsus operatsiya» natijasida yöq qilingan.

Şu bilan birga, Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak The Breakfast Show efirida Kiyev terrorçilik usullaridan foydalanmasligini va «u yoki bu generalga oid qarorlar jang maydonida qabul qilinişini» aytdi.