AQŞ va Qatar vakillari Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş va isroillik garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça kelişuv imzoladi. Bu haqda 16 yanvar, payşanba kuni Amerikaning Axios portali manbalarga tayanib xabar berdi.
Kelişuv kafillari - AQŞ, Qatar va Misr
Unga köra, Isroil va Hamas guruhi örtasidagi kelişuvning yakuniy versiyasi payşanba kuni Dohada tasdiqlangan. Hujjatni Isroil, Hamas, AQŞ va Qatar muzokaraçilari imzolagan. Vaşington nomidan hujjatni diplomat Brett Makgerk imzoladi. Qatar va AQŞdan taşqari, Misr ham kelişuv kafiliga aylandi, deb yozadi Axios.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi 17 yanvar, jumaga ötar keçasi kelişuv haqida bayonot berdi. «Netanyahu muzokaralar guruhi tomonidan garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça kelişuvga erişilgani haqida ma’lum qildi», — deyiladi bayonotda. Boş vazir devonining qöşimça qilişiça, garovga olinganlarni qabul qilişga hozirdanoq tayyorgarlik körilmoqda. AP agentligiga köra, Netanyahu idorasi bayonoti, aftidan, Isroil hukumati hukmron koalitsiya içidagi qarama-qarşiliklarga qaramay, kelişuvni ma’qullaşini bildiradi.
Boş vazir idorasi Isroilning harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi «kelişuvni tasdiqlaş uçun juma kuni yiğilişini» aytdi. Keyin u töliq hukumat tomonidan tasdiqlanişi kerak. Netanyahu jamoasi vazirlar mahkamasi qaçon yiğilişi haqida aniq ma’lumot bermadi. AFP xabariga köra, kelişuv sulh 19 yanvar, yakşanba kuni kuçga kirişini anglatadi. Axios Netanyahu yordamçisiga tayanib xabar berişiça, bu muddat 20 yanvar, duşanba kuniga köçirilgan.
Axios versiyasiga köra bitim şartlari
Axios ma’lumotlariga köra, birinçi bosqiçda yarador yoki kasal bölgan 33 nafar isroillik garovga olinganlar, jumladan, ayollar, bolalar ozod qilinadi. Ular olti haftalik otaşkesimning birinçi kunidan boşlab bosqiçma-bosqiç ozod etiladi.
Bu vaqt içida Isroil Mudofaa armiyasi Ğazo sektorining yahudiy davlati bilan çegarasi böylab bufer zonasiga çekinişi kerak, sektorni ikkiga böladigan Netsarim yölagidan, şuningdek, çiziq çegarasidagi Filadelfiya yölagining katta qismidan voz keçişi kerak. Falastinliklarga heç qanday tekşiruvlarsiz Ğazo sektorining şimoliga piyoda qaytişga ruxsat beriladi. Maşinalarda oğir qurollar bölmasligi Qatar va Misr rasmiylari tomonidan tekşiriladi.
Buning evaziga Isroil qamoqxonalaridan 700 dan ortiq falastinlik mahbuslar, jumladan, isroilliklarni öldirişda ayblangan va umrbod qamoq jazosini ötayotgan 275 ga yaqin mahkum ozod qilinadi. Ğazodan bölgan qöşimça 1000 falastinlik Isroil Mudofaa armiyasi tomonidan qölga olingan hududdagi operatsiya davomida qöyib yuboriladi.


















