Xitoyning tarixiy Sian şahrida daraxt şaklidagi vertikal park qurildi. Inşoot muallifi Heatherwick Studio, deb yozmoqda New Atlas naşri. Barglarni eslatuvçi zinapoyali ayvonlarga ega minora taşrif buyuruvçilarga panoramali manzaradan bahramand böliş imkonini beradi.

Xi’an Tree(“Sian daraxti”)ning balandligi 57 metrni taşkil etadi. Unda 56 ta terrasa va kaskad boğlar bor. Parkda Ipak yölidagi Alp tundrasidan tortib quruq daştlargaça bölgan tabiatning xilma-xilligini namoyiş etuvçi ösimliklar ötqazilgan. Eng yuqori qismida esa boğ joylaşgan.

“Botanika boği kabi, har bir bölim özida noyob ösimliklar xilma-xilligini jamlagan bölib, ularning aksariyatini siz ilgari heç qaçon körmagansiz. Yuqoridan turib, Sianning yangi va eski qismlari uyğunlaşib ketgan manzarasini kuzatişingiz mumkin”, — deb ta’kidlaydi Heatherwick Studio.

Daraxt şaklida yaratilgan park va butun hududning dizayni Siandagi maşhur terrakota armiyasidan ilhomlangan — bu miloddan avvalgi 210-209 yillarda barpo etilgan minglab xitoy jangçilari va ularning otlari haykallari dafn etilgan joy. Quriliş jarayonida Heatherwick Studio mahalliy kulollar bilan hamkorlik qildi, ular 100 000 dan ortiq sopol plitalar tayyorlab berdi. Şuningdek, dizaynda an’anaviy Xitoy ibodatxonalari tomlariga işora qilinganini ham köriş mumkin.

Loyiha boğdan taşqari turar joy binolari, savdo markazlari, oçiq maydonlar, ofislar va mehmonxona majmualarini öz içiga oladi. Şuningdek, haşamatli kökalamzorlar va köplab piyodalar yölaklari barpo etilgan.

Heatherwick Studio ilgari Nyu Yorkda Little Island parki, şuningdek, Tokio markazida yangi tuman qurgandi.