Ispaniya şimolidagi Astun toğ-çanği kurortidagi osma dor yölida (kanat) yuz bergan avariya oqibatida kamida 30 kişi jarohat oldi.

Aragon avtonom hududida hukumatning favqulodda vaziyatlar böyiça boş direktori Migel Anxel Klaveroning ma’lum qilişiça, dor yölidagi troslardan biri uzilib ketgan va bir neçta kabina yerga qulagan.

Hukumat ma’lumotlariga köra, avariya oqibatida kamida 30 kişi jarohat olgan, ularning töqqiz nafari oğir ahvolda.

Ta’kidlanişiça, Astun stansiyasi vaqtinça yopilgan. Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes özining X ijtimoiy tarmoği orqali jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi. «Astun stansiyasidagi avariya xabari barçamizni larzaga soldi. Aragon hukumati raisi Xorxe Azkon bilan gaplaşib, hukumatimiz nomidan jabrlanganlarga barça zarur yordamni yubordim», — deb yozadi u.

Xorxe Azkonning sözlariga köra, toğ-çanği kurortidagi osma dor yöli Aragon hukumati tomonidan ma’muriy tekşiruvdan ötgan, biroq endi texnik mutaxassislarning avariya haqidagi hisobotini kutiş kerak böladi.

Versiyalardan birida aytilişiça, dor yöli qaytarma ğildirakning sinib ketişi natijasida yuzaga kelgan — tortuvçi tros uzilib ketgan, bir neçta kabina qulagan, qolganlari esa osilib qolgan.