Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika agentligini salkam 8 yil boshqargan Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi
Iste’fo haqida rasmiy xabar berilmagan.
Bahodir Abdusalomovich Begalov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.
Iste’fo haqida rasmiy xabar berilmadi. Ayni paytda agentlik saytida direktor lavozimi vakant ekani ko‘rsatilgan.
56 yoshli Bahodir Begalov statistika idorasini 2017 yil may oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.
U 2012–2016 yillarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil oxiridagi ma’muriy o‘zgarishlarda Statistika agentligiga aylantirilib, Prezident huzuriga o‘tkazilgan edi. Hozir statistika organida direktorning ikki nafar o‘rinbosari faoliyat olib bormoqda: A’zam Anvarjonovich Ikromov (2016 yildan buyon) va Zohidjon Murodovich Ziyoyev (2019 yildan buyon).
Mavzuga oid
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026