Ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi takomillashtiriladi
“O‘zbekistonda mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: Telegram / huquqiyaxborot
Quyidagilar joriy etiladi:
- O‘zbekiston hududida ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq butun hayotiy davr bo‘yicha (I tip) Yashil belgi mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi (ekologik markirovkalash tizimi);
- mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslar (ekologik markirovkalash organi) tomonidan baholash tartibi.
Ekologiya vazirligi ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilandi hamda unga quyidagi vazifalar yuklandi, jumladan:
➖ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish hujjatlarini, shu jumladan, ekologik markirovkalash tizimi qoidalari, ekologik markirovkalash organini avtorizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy davlatlarning ekologik markirovka tizimlarini tan olish hamda ekologik markirovka belgisini qo‘llash tartiblarini tasdiqlash;
➖ekologik markirovkalash organlariga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash;
➖ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq ekologik jihatdan afzal, shu jumladan, resurslarni tejovchi, kam chiqitli va chiqindisiz, atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlarni keng ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
➖ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish.
Shuningdek, ekologik markirovka belgisi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
O‘zbekiston | 10:06
-
“Mono-markazlarda o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan ta’minlanmagan” – deputat
O‘zbekiston | 10:04
-
Fransiya: YeI Ukraina bo‘yicha muzokaralarda qatnashmoqchi
Jahon | 09:46
-
Toshkent mineral suvi: Afsona va haqiqat
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida

23:14 / 03.04.2025
Ukraina Rossiya bosqini oqibatida yetkazilgan ekologik zararni 85 mlrd dollarga baholadi

12:46 / 29.03.2025
Atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha yagona tizim yaratiladi

21:30 / 20.02.2025