O‘zbekiston va Hindiston birgalikda zargarlik buyumlari ishlab chiqaradi
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning mashhur Sonani Industries Pvt. Ltd kompaniyasi raisi Manesh Sonani bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Sonani Industries Pvt. Ltd Gujarat shtatining Surat shahrida joylashgan yirik kompaniya bo‘lib, yuqori sifatli zargarlik mahsulotlari bilan nom qozongan.
Uchrashuv doirasida hindistonlik sanoatchilarga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xorij ishbilarmon doiralari vakillari va sarmoyadorlari faoliyati uchun yaratilgan qulay va jozibador muhit, jumladan, zargarlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi.
Kompaniya vakillari mamlakat bilan hamkorlikda zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga chaqirildi. Ushbu hamkorlik doirasida taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar tizimiga alohida e’tibor qaratildi.
Manesh Sonani O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan yangilanish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotgani, amaliy loyihalarni muhokama qilish uchun Toshkentga safar qilishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Tomonlar "O‘zbekzargarsanoati" uyushmasi va Sonani Industries Pvt. Ltd kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish istiqbollari bilan bog‘liq masalalarni batafsil muhokama qildi.
So‘nggi yangiliklar
-
Telegram Rossiyada 7 million rubl jarimaga tortildi
Jahon | 11:27
-
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi
Jahon | 11:15
-
Minglab isroilliklar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Jahon | 11:14
-
Jahon iqtisodiyoti Trampning tariflarini «hazm qilmoqda»: investorlar vahimasi, neft narxi qulashi hamda Xitoy bilan katta savdo urushi arafasi
Iqtisodiyot | 11:08
Mavzuga oid

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

20:44 / 01.04.2025
Hindiston Trampning «ikkilamchi bojlar» tahdididan so‘ng Rossiya neftiga muqobil izlashni boshladi

22:09 / 26.03.2025
Hindiston va Xitoy Trampning tahdidi sabab Venesueladan neft sotib olishni to‘xtatdi

20:08 / 25.03.2025