Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi
“Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Elektrotexnika sanoatini 2025–2027 yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
2025 yil 1 fevraldan quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi:
🔹bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi tartibida qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi;
🔹 korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028 yil 1 fevralgacha bojxona bojidan ozod etiladi;
🔹 ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning va davlat organlarining ma’muriy bino-inshootlarini, shuningdek ijtimoiy soha obektlarini qurish bo‘yicha xarid qilish hujjatlariga quyidagi talablar kiritiladi:
➖pudratchilar zarur tovarlarni Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi va Elektron kooperatsiya portalidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qiladi;
➖zarur tovarlar portallarda mavjud bo‘lmasa, tasdiqlovchi ma’lumotnomalar asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi.
Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida elektron do‘kon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bog‘liq cheklovlarsiz o‘tkaziladi, bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
Mavzuga oid
23:12 / 19.11.2025
Mahallalarda 50 ta «mikrosanoat markazi» ishga tushiriladi
12:57 / 14.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari "Made in Central Asia" brendini yaratadi
15:28 / 16.10.2025
Elektrotexnika sanoatida eksport hajmi 3 mlrd dollarga yetkaziladi
16:00 / 13.10.2025