Fransiya Senati sobiq boş vazirlar va prezidentlarga taqdim etiladigan imtiyozlarni bekor qilişni nazarda tutuvçi 2025 yilgi budjet loyihasiga ovoz berdi.
Milliy assambleyaning qöşma komissiyasi tomonidan tasdiqlanişi kerak bölgan bölsa uşbu taşabbus budjet foydasiga har yili 2,8 million yevro tejaş imkonini beradi.
«Sobiq prezidentlar va boş vazirlarning imtiyozlarini bekor qiliş ma’qullandi, biz şunday yöl bilan iqtisod qilyapmiz», — deydi mazkur qaror taşabbuskori senator Natali Gule.
Fransiya boş vazirlari iste’foga çiqsa xizmat avtomobili, şaxsiy haydovçi va kotibga ega bölişi mumkin. Uşbu imtiyozga 2019 yilda yoş çeklovi qöyilgan: u faqat 67 yoşdan oşgan sobiq amaldorlarga nisbatan qöllanadi. Ötgan yilning noyabr oyida hali lavozimda bölgan sobiq boş vazir Mişel Barne özidan oldingi rahbarlarni davlat resurslaridan foydalanişda «kamtarroq bölişga» çaqirgan edi.
«Sobiq prezidentlar uy-joy va umrining oxirigaça xavfsizlik bilan ta’minlanmasligidan umuman xafa emasman», — deydi hukumat matbuot kotibi Sofi Prima.

















