Senat yalpi majlisida yöl harakati xavfsizligi tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga qöşimça va özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi qonun körib çiqildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, qonundan yöl harakati qoidalariga rioya etmaslikning salbiy oqibatlarining oldini olişga xizmat qiluvçi yangi normalar örin olgan.
Jumladan, Jinoyat kodeksiga tegişli özgartirişlar kiritiş orqali transport vositasini takroran mast holda boşqarganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Qayd etilişiça, mast holda transport vositasini boşqariş bilan boğliq 2021 yilda 40 542 ta, 2022 yilda 47 365 ta va 2023 yilda 41 866 ta, 2024 yilda 31 436 ta huquqbuzarlik aniqlangan. 2024 yilda qariyb 8 ming nafar haydovçi mast holda transport vositasini boşqarganlik uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgandan söng takroran transport vositasini mast holatda boşqarganligi kuzatilgan.
Mast holda transport vositasini boşqariş oqibatida 2020-2024 yillarda qariyb 600 ga yaqin yöl-transport hodisasi sodir qilingan. Buning oqibatida uşbu davrda 322 nafar fuqaro halok bölgan.
Şuningdek, Jinoyat kodeksida avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş, şuningdek imtihon ötkaziş va haydovçilik guvohnomasini beriş tartibini buzganlik, transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxsning transport vositasini boşqarganlik va siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilği aralaşmasida işlaydigan transport vositalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uçun ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilyapti.
Bundan taşqari, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda transportda bezorilik, ya’ni ayrim haydovçilar tomonidan boşqariş madaniyatiga rioya qilmay, transport vositasini keskin boşqariş va boşqa harakatlarda ifodalangan “agressiv boşqariş”, “drift”, “şaxmat” şaklida harakatlaniş, yöllarda tösiqlarni paydo qiliş kabi qoidabuzarliklar uçun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Qolaversa, qonun bilan jarima ballari hisoblangan yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun ma’muriy jazo qöllaş kabi javobgarlik belgilanyapti. Yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oşganligi uçun ma’muriy jazo qöllanganda haydovçilik huquqidan mahrum qilişning eng kam miqdori olti oydan kam bölmasligi ham nazarda tutilmoqda.











