Prezident raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oşirilgan işlar va 2025 yil uçun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Ötkazilgan muloqotlarda developerlarning köpçiligi yer oliş, kredit, qurilişga ruxsat, infratuzilma, foydalanişga topşiriş, uylarni sotiş bilan boğliq masalalarni kötargan.

Misol uçun, ötgan yili 5 ming xonadonli 150 ta köp qavatli uy aylanma mablağ yetmagani uçun bitmay qolgan. Bu borada banklarning xorijdan jalb qilingan mablağdan 310 million dollarni quruvçilarga aylanma uçun beriş taklifi ma’qullandi. 

18 ming xonadon gazda individual isitiladigan qilib qurilgani uçun foydalanişga qabul qilinmay turibdi. Mutasaddilarga işçi guruhi tuzib, har bir holatni örganib, masalaning yeçimi böyiça Hukumatga taklif kiritiş topşirildi.

Bu yil 135 ming xonadonli köp qavatli uylarni markazlaşgan holda isitiladigan, ovqat pişiriş esa elektr plitasi orqali böladigan qilib quriş zarurligi qayd etildi.

Markaziy va içki köçalarni yoritişda isrofgarçilikni qisqartiriş böyiça dastur işlab çiqiş topşirildi. 

Hududlarda liftlarni qabul qiliş 2-3 oyga çözilayotgani sababli har bir viloyatda kamida 2 tadan brigada taşkil qiliş, 20 nafardan aholini liftlarga xizmat körsatiş va ta’mirlaşga öqitiş vazifasi qöyildi.