Agar uruşdan keyin Ukrainada tinçlikparvar kuçlar joylaştiriladigan bölsa, ularning tarkibida Amerika qöşini ham bölişi kerak, degan prezident Volodimir Zelenskiy Bloomberg uçun bergan intervyusida.

«Bunday [tinçlikparvar kontingent] Qöşma Ştatlarsiz bölmasligi kerak. Hatto yevropalik ayrim döstlarimiz buning imkoni bor deyayotgan bölsa ham, amalda bunday emas. Heç kim Qöşma Ştatlarsiz tavakkalçilik qilmaydi», — deya qayd etgan u.

Zelenskiy Donald Tramp tinçlikka erişişga qodirligiga işonç bildirgan, ammo bunday tinçlik faqat Vaşington Kiyevga uzoq muddatli xavfsizlik kafolati taqdim etgan taqdirdagina mumkin bölişini qayd etgan — yoki NATO a’zoligi, yoki mamlakat hududida ğarbning tinçlikparvar kuçlari mavjud bölişi şunday kafolat vazifasini ötaydi.

Bir neça kun oldin Davosdagi iqtisodiy forumda çiqiş qilganida Zelenskiy tinçlikparvar kuçlar joylaştirilişi Rossiyaning takrori hujumiga yöl qöymaslikda muhim rol öynaşini aytgandi. Öşanda u zarur bölgan tinçlikparvar kuçlar sonini 200 mingga baholagan.

Bloomberg uçun intervyuda Zelenskiy 200 ming raqami köproq majoziy ekani va kontingentning haqiqiy soni Rossiya talab qiladigan ukrain armiyasi miqdoriga boğliq bölişi kerakligini aytgan. «Agar biz uni [ukrain armiyasini] 200 mingga, 300 yoki 500 mingga qisqartirsak, qisqartirganimiz örniga boşqa qöşinlar kerakligini anglatadi», — degan Ukraina prezidenti.

Ukrainaga tinçlikparvar kontingent joylaştiriş ğoyasi sönggi oylarda Ğarbda keng muhokama qilinmoqda — bu ğoyani birinçi navbatda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ilgari surgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp ham taşabbusni qöllab-quvvatlagan. Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya hukumatlari Ukrainaga öz harbiylarini yuborişga tayyorligini bildirgan.

Kremldagilar Yevropa tinçlikparvar kuçlarini Ukrainaga joylaştiriş ğoyasini töğridan töğri rad etmagan, ammo Moskvadagilar buni muhokama qilişga hali ertaligini qayd etgan.

Foreign Policy: NATO Ukrainaga xavfsizlik kafolatining ikki variantini taklif qilişi mumkin

NATO davlatlari Rossiya bilan tinçlik kelişuvi doirasida Ukrainaga taklif qilişi mumkin bölgan xavfsizlik kafolatlarining ikki turi mavjud, deb yozadi Foreign Policy ğarblik yuqori martabali mulozimga tayanib.