Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya quyosh panellarining yangi avlodini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasida Britaniyaning Power Roll kompaniyasining ijrochi direktori Nil Spenn bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Foto: Dunyo
Power Roll kompaniyasi Britaniyada 2011 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, kompaniya quyosh modullarining (quyosh panellari) yangi avlodini tijoratlashtirish va global joriy yetish bilan shug‘ullanadi. Uning quyosh modullari (quyosh panellari) yengil, ikki tomonlama qoplashga mo‘ljallangan "nou-xau" plyonkalardan iborat.
Muloqot davomida Nil Spenn Power Roll kompaniyasi va uning faoliyati bilan batafsil tanishtirdi va hozirda kompaniya tomonidan O‘zbekistonning vazirlik va idoralari, yirik biznes sub’yektlari hamda tadbirkorlari bilan quyosh modullarining (quyosh panellari) yangi avlodini ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga tayyorligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish maqsadida kelgusida ikki tomonlama uchrashuvlar hamda tashriflar ishlab chiqilishiga kelishib olindi.
Mavzuga oid
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
09:31 / 15.12.2025