1 fevraldan barça turdagi yölovçi poyezdlarida çipta narxi oşmoqda. “Özbekiston temiryöllari” vakillari Kun.uz bilan suhbatda bu davomli bölişini aytdi. Sabablar kredit, elektr narxining oşgani, texnik körik va infratuzilma xarajatlariga borib taqaladi. Rasmiylarga köra, “Afrosiyob” Toşkentdan Samarqandga bir marta kelişi – 8 ming yevro xarajatni talab qiladi.
1 fevraldan boşlab “Afrosiyob” poyezdlarida çipta narxi 25 foizga, “Özbekiston”, “Şarq”, “Nasaf” poyezdlari çiptasi esa 30 foizga qimmatlaydi. Tezyurar bölmagan (yotoqli) yölovçi poyezdlar çipta narxining tarif qismi 10,5 foizga kötariladi.
Ötgan 2 yilda “Afrosiyob”da yuriş narxi kamida 200 foizga oşmoqda. Temiryölçilarning sözlariga köra, tariflarni davlat tomonidan tartibga soliş bekor qilingaç, törtta “Afrosiyob” poyezdi 2024 yilning 1 yanvaridan öz xarajatlarini özi qoplaşga ötgan.
“Afrosiyob”ga mas’ul taşkilot vakili Şahzod Möminov narxlarni boşqa davlatlar bilan taqqosladi. “Janubiy Koreyada Seul va Pusan şaharlari örtasidagi masofa 300 kilometr, xuddi “Afrosiyob”dek poyezd çiptasi narxi 27 dollar. Bizda esa şunday masofadagi Toşkent–Samarqand çiptasi 19 dollar”, deydi u. Ammo turgan gapki, ikki davlatdagi aholi daromadlarini taqqoslab bölmaydi.
Kun.uz suhbatdan avval poyezddan köp foydalanuvçi aholi fikriga qiziqdi. Tabiiyki. deyarli hamma bir fikrda –narxlar oşişiga qarşi. Lekin temiryölçilar ötkazgan sörovnomada buning aksi bölgan ekan. Şahzod Möminovning ta’kidlaşiça, “Afrosiyob” yölovçilarining 90 foizi narx-navo oşişini ijobiy qabul qilgan va ötkazilgan sörovnomalarda çipta narxini oşirişni söragan.
Nega temir yöllari tizimi haliyam monopoliya?
Temiryöllar sohasi – boşqa köplab sohalar qatori – monopoliya. Lekin rasmiylar buni rad etadi: ularga köra, tizim turli yönalişlardagi kompaniyalarga bölib yuborilgan. Jamoatçilik faoli Umid Gafurov esa, bu taşkilotlar “bir onaning bolalari” ekanini aytdi.
“Öztemiryölyölovçi” AJ boş direktori örinbosari Fozil Şaripovga köra, bozor oçiq va xohlagan tadbirkor kelib, öz takliflarini berişi mumkin. Lekin bugungi kunga qadar biror tadbirkor bu masala jamiyatga murojaat qilmagan va qiziqmagan. Umid Gafurovning fikriça, bu – ma’lumotlarning yopiqligi bilan boğliq bölişi mumkin.
“Hozir monopolmasmiz deyapsiz, lekin de-fakto monopoliya haliyam. Masalan, men tadbirkorman va biror joyga investitsiya qilmoqçi bölsam, daromad, xarajat körsatkiçlarini oçiq körişni istayman. Tizim hozir unçalik oçiq emas, 2021 yilda bu haqida gapirilgan edi va undan beri 4 yil ötdi, transformatsiya haqida endi bilyapman. Tadbirkorni asosiy qiziqtirgan savollar – oçiq manbalarga borib taqaladi. Vokzalga, tizimga tadbirkorlarning qiziqmagani, balki, yetarliça ma’lumotlar yöqligidan”, deydi bloger.















