Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar innovatsion texnologiyalarni joriy etish, nodir metallar konlarini o‘zlashtirish, mintaqaviy temiryo‘llarni rivojlantirish, "quruq" portlar barpo etish, kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, ta’lim va tibbiyot sohalarida davlat xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ilgari surish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Qayd etilishicha, har bir kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq qadamlar belgilandi. Shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, shaharsozlik, energetika, transport va logistika, tog‘-kon sanoati, elektrotexnika, kommunal xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar rejalashtirildi.
"Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish bo‘yicha kelishib oldilar", – deb yozgan "Kursiv".











