Niderlandiyada sanksiyalar ostidagi rossiyalik milliarderlarga tegishli kompaniyalar faoliyat yuritayotgani aniqlandi
Rossiya oligarxlarining g‘arb sanksiyalari ostidagi kompaniyalari mikrobiznes maqomi ostida Niderlandiyada to‘siqsiz faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakat qonunchiligidagi bo‘shliqlar rus milliarderlariga bog‘liq kompaniyalarning nazoratdan butunlay qochishiga imkon bergan.
![](https://storage.kun.uz/source/11/0YOH4QE16Yg46xnLR2ukQz6pwWyZCYFI.jpg)
Foto: AFP
Rossiya oligarxlarining g‘arb sanksiyalari ostidagi kompaniyalari Niderlandiyada to‘siqsiz faoliyat yuritishni davom etmoqda, deb xabar beradi NOS. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, milliarderlar o‘z kompaniyalariga mikrobiznes maqomini berishda mahalliy qonunchilikdagi bo‘shliqlardan foydalanyapti. Mazkur yuridik manyovr ularga moliyaviy oqimlarni yashirish va hisobot bo‘yicha qat’iy talablardan qochish imkonini beradi.
Shu kabi biznesmenlardan biri po‘lat magnati Aleksey Mordashovdir — u 1990 yillarda Rossiyaning eng badavlat insonlaridan biriga aylangan va Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin sanksiyaga uchraganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Uning Amsterdamni ro‘yxatdan o‘tkazilgan SMTT Holding kompaniyasi 65 million yevroga baholanadi, shu bilan birga, kompaniya mikrokorxona sifatida tasniflanadi — bu unga muhim moliyaviy ma’lumotlarni yashirishda yordam beradi.
Yana bir misol — VTB bankining shu’ba korxonasi bo‘lgan Airport Alliance bo‘lib, uni Putinning uzoq yillik hamkori Andrey Kostin boshqaradi. Kompaniya AQSh, YeI, Buyuk Britaniya va boshqa qator davlatlarning sanksiyalari ostida. Niderlandiyada, shuningdek, milliarder Mixail Gutseriyevga bog‘liq Safmar kompaniyasi ham faoliyat yuritadi. Gutseriyev Rossiya rahbariyati va Aleksand Lukashenko bilan aloqalari tufayli Yevropa Ittifoqi, Kanada va boshqa davlatlarning sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan.
Niderlandiya qonunchiligiga ko‘ra, quyidagi talablardan kamida ikkitasiga mos kelsa, mikrobiznes maqomini olishi mumkin: kamida 10 nafar xodim; 450 ming yevrodan oshmaydigan balans qiymati; 900 ming yevrodan oshmaydigan yillik sof daromad. Mikrobiznes maqomining berilishi kompaniyalarga daromad, soliq va aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslik, moliyaviy hisobot auditidan o‘tmaslik, yiliga minimal miqdorda hisobot topshirish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Nashrning ta’kidlashicha, avvaliga ushbu qoidalar kichik biznesga nisbatan byurokratik bosimlarni kamaytirish maqsadida qabul qilingan, ammo endilikda undan transmilliy korporatsiyalar va rossiyalik oligarxlar o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda.
Bular orasida majburiy auditdan ozod etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng, yirik xalqaro buxgalterlik kompaniyalari rossiyalik mijozlari bilan aloqalarni uzdi va sanksiyalar ostidagi ko‘plab biznesmenlar auditor topishga qiynala boshladi. Masalan, Dmitriy Pumpyanskiy va Igor Kesayev Niderlandiyadagi kompaniyalari uchun yangi buxgalterlarni topa olmadi. Ammo Mordashov bu muammodan qutulib qoldi, chunki SMTT Holding mikrokorxona sifatida tan olingan.
Qonunga muvofiq Niderlandiyada yirik kompaniyalar auditdan o‘tishi va Savdo palatasiga 12 oy ichida moliyaviy hisobot topshirish kerak. Ushbu qoidalarni buzish jarimalar va boshqa sanksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo mikrokorxonalar uchun bo‘shliq Rossiya milliarderlariga bog‘liq kompaniyalarga nazoratdan butunlay qochish imkonini bermoqda. Natijada, SMTT Holding o‘zining moliyaviy oqimlarini yashirishni davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda iqtisodiy qutblanish kengayib boryapti. Nega?
Iqtisodiyot | 12:05 / 16.02.2025
G‘azoni yegani bo‘rilar keldi. Musulmon dunyosi qani?
Jahon | 17:47 / 15.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 22:38 / 14.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat departamenti: Ar-Riyoddagi uchrashuv bu - Ukraina bo‘yicha muzokaralar emas
Jahon | 09:35
-
2025 yili 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
O‘zbekiston | 09:20
-
Tramp, Putin va NATOga muqobil: Zelenskiy Myunxenda nimalar dedi?
Jahon | 09:10
-
Yevropa Ukrainada tinchlik shartnomasisiz o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi
Jahon | 08:59
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/Wg6Yc0lw8CaGVm9mL5OZy42_c_0Mjvdg_medium.jpg)
13:40 / 12.02.2025
O‘zbekiston fuqarolari Niderlandiyaga ishga yuborilishi mumkin
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/Rn1pwen5b9Fd8BKzTtECC2KVfFg_S9qs_medium.jpg)
09:44 / 01.02.2025
Kiyev Niderlandiyadan F-16'ning yana bir partiyasini kutmoqda
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/mlia703LCdUdWCp0xiXvtZY28NBW5_DV_medium.jpg)
19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/ALhJNPvs1OwaDLKiBR8vbnSUA7qx_aN-_medium.jpg)
01:32 / 26.01.2025