Moldova 1 fevral kuni Dnestrbo‘yiga 3 mln kub gaz yetkazib beradi
1 fevral kuni Moldova shartnomaga ko‘ra Dnestrbo‘yiga 3 million kub metr gaz yetkazib beradi. Tan olinmagan respublika Yevropadan yoki «boshqa vositachilardan» gaz yetkazib berish uchun quvurda bosim yaratish zarurligini ta’kidladi.

Foto: AFP
1 fevral kuni Moldova tan olinmagan Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasiga 3 million kub metr tabiiy gaz yetkazib beradi, dedi "Moldovagaz" kompaniyasi rahbari Vadim Cheban. Yetkazib berish bugun ertalab boshlanishi rejalashtirilgan. «Moldovagaz» va «Tiraspoltransgaz» o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, ushbu gaz hajmlari kredit asosida taqdim etilgan bo‘lib, ular 2025 yil 1 martgacha to‘lanishi kerak», deya Cheban so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Tan olinmagan Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasi rahbari Vadim Krasnoselskiyning aniqlik kiritishicha, bu gaz iste’molchilarning uylarini issiqlik bilan ta’minlash uchun mo‘ljallanmagan. «Biz nega bu gazni qarzga olyapmiz? Gaz quvurida bosim hosil qilish uchun, bu esa yonilg‘i-energetika tizimini to‘liq ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan, kelgusida Yevropadan yoki Rossiya ko‘magida boshqa vositachilardan tabiiy gaz yetkazib berilishi kutilmoqda», — deya "TSV Pridnestrove" Telegram-kanali uning so‘zlarini keltirdi.
Yevropa Ittifoqi Moldovaga Dnestrbo‘yiga gaz yetkazib berish uchun 30 mln yevro ajratadi
Yevropa Ittifoqi Moldovaga tan olinmagan Dnestrbo‘yi mintaqasidagi energetik inqirozni yengish uchun 30 million yevrolik favqulodda yordam paketini taklif qildi. «Biz Dnestrbo‘yi aholisini gaz bilan ta’minlab, ularning elektr va issiqlik ta’minotidan foydalanish imkoniyatini tiklaymiz», dedi 27 yanvar kuni Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen.
Yevrokomissiya press-relizida aytilishicha, paketning bir qismi sifatida YeI «2025 yil 10 fevralgacha mintaqaning 350 mingdan ortiq aholisini elektr va issiqlik ta’minotini tiklashga yordam berish uchun Dnestrbo‘yiga tabiiy gaz sotib olish va tashishni moliyalashtirishga tayyor».
Bundan tashqari, YeI «yaqin haftalarda Moldovaga inqirozning o‘z fuqarolariga ijtimoiy ta’sirini yumshatish, shu bilan birga mamlakatda uzoq muddatli energiya barqarorligi va iqtisodiy o‘sish uchun asos yaratishga qaratilgan moliyaviy yordam paketini taqdim etish majburiyatini oladi».
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35 / 14.05.2025
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14 / 14.05.2025
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59 / 14.05.2025
Mavzuga oid

14:09 / 17.04.2025
Shtrak-Tsimmerman: Moldova - YeI uchun ustuvor davlat

10:33 / 05.04.2025
Rossiya Moldovaning uch diplomatini chiqarib yuboryapti

21:06 / 02.04.2025
WSJ: AQSh deportatsiya qilinadigan migrantlarni Moldovaga jo‘natmoqchi

08:05 / 29.03.2025