Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 111 kilogramm narkotik modda musodara qilindi.
Qayd etilişiça, Samarqand viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Tojikistonning Söğd viloyati Panjikent tumanidan aylanma yöllar orqali 10 kilogramm 894 gramm opiy moddasini Urgut tumani hududiga olib kelgan Tojikiston fuqarolari — 1980, 1982, 1989 yillarda tuğilgan uç nafar aka-uka qölga olingan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy şerigi bölgan, Urgut tumanida istiqomat qiluvçi 43 yoşli ayol ham uşlanib, uning yaşaş xonadonida saqlanayotgan 13 kilogramm 85 gramm opiy moddasi protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Boşqa holatda esa özbek—tojik davlat çegarasining Toşkent viloyati Bekobod tumani, Turon MFY hududidan ötuvçi qismida olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, Tojikistonning Söğd viloyati Mastçox tumanidan Bekobod tumaniga oqib ötuvçi Dalvarzin kanali orqali oqizib yuborilgan uç dona yelim idişdagi jami 8 kilogramm 381 gramm opiy va 59 kilogramm 296 gramm gaşiş moddalari borligi aniqlangan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu giyohvandlik vositalarini qabul qilib oliş maqsadida çegara hududiga kelgan vaqtlarida Bekobod şahri va tumanida istiqomat qiluvçi 1985, 1989, 1996 va 1997 yillarda tuğilgan tört nafar fuqaro qölga olingan. Ta’kidlanişiça, ulardan ikki nafari muqaddam sudlangan şaxslar hisoblanadi.
Bekobod tumanida qayd etilgan yana bir holatda, özbek—tojik davlat çegarasidan taxminan 400-500 metr uzoqlikdagi dala maydonida muqaddam noma’lum şaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 1 dona sport sumkasi içida 3 kilogramm 942 gramm opiy va 15 kilogramm 473 gramm gaşiş moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Hozirda aniqlangan holatlar böyiça Jinoyat kodeksining tegişli moddalari jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

















