Jahon | 01:06 / 02.02.2025
5409
3 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Ukrainaga 2025 yil oxiriga qadar prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni taklif qilmoqchi - Reuters

Kiyev yaqin oylarda Rossiya bilan sulh tuzishga rozi bo‘lsa, AQSh Ukrainada prezident va parlament saylovlari o‘tkazilishini istaydi. G‘olib Moskva bilan uzoq muddatli kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun javobgar bo‘lishi mumkin.

Foto: Reuters

AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Kiyev parlament va prezidentlik saylovlarini o‘tkazishi kerakligini ma’lum qildi, deb yozmoqda Reuters.

«Aksariyat demokratik davlatlar urush vaqtida saylovlar o‘tkazadi. O‘ylayshimcha, bu muhim. Buni demokratiriya uchun foydali deb o‘ylayman. Mustahkam demokratiyaning jozibasi — saylovlarda qatnasha oladigan bir nechta nomzodlar borligida», — deydi Kellog.

Kellog va Oq uyning boshqa vakillari oxirgi kunlarda Ukrainani Rossiya bilan dastlabki sulh vaqtida saylovlar o‘tkazishga undash kerakligini muhokama qilmoqda. Agar saylovlar o‘tkazilsa, agentlik suhbadoshlarining aytishicha, g‘olib uzoq muddatli tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralarga mas’ul bo‘la oladi.

Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati sulh bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishish va shundan keyingina uzoq muddatli tinchlik shartnomasi ustida ishlash haqida hali yakuniy qarorga kelmagan.

Agentlik suhbadoshlarining qo‘shimcha qilishicha, Oq uy hozircha Ukraina hukumatiga yil oxiriga qadar saylovlar o‘tkazish taklifini rasman bermagan. Shu bois Kiyevning bunday taklifga munosabatini oldindan prognoz qilish mushkul. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir necha bor urush vaqtida saylovlar o‘tkazilmasligi haqida gapirgan edi.

Vladimir Zelenskiyning besh yillik prezidentlik vakolati 2024 yil mayda yakuniga yetgan — shundan beri Rossiya propagandasi va hukumati uning «nolegitimligi» to‘g‘risidagi tezislarni ilgari surib keladi. Ukrainaning o‘zida bu borada konsensus mavjud, urush davom etarkan, Zelenskiy davlat rahbariligicha qoladi.

Zelenskiy 2022 yil oktyabrda Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni taqiqlovchi farmonni imzolagan edi. 2025 yil 26 yanvar kuni Zelenskiy uning farmoni o‘zidan boshqa hamma uchun muzokaralarni taqiqlashni nazarda tutganini ma’lum qildi. «Men Ukraina prezidentiman, men u yoki bu muzokaralar yetakchisiman va men boshqalarga taqiqlaganman», — dedi u.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini, ammo uni yakuniy tinchlik bitimini imzolashi mumkin bo‘lgan legitim prezident deya hisoblamasligini ma’lum qilgandi.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid