“Ona uyi” loyihasi Özbekistonda 2024-yildan buyon Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida “Dom Mamy” Xalqaro jamğarmasi filiali tomonidan amalga oşirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi - ijtimoiy yetimlikning oldini oliş, bolani öz oilasida saqlab qoliş hamda bolali ayollar inqirozni yengib ötib, mustaqil hayot boşlaşi uçun zarur şaroitlar yaratişdan iborat. Bugungi kunda Özbekistonda 9 ta "Ona uyi" resurs markazi faoliyat yuritmoqda. Markazlar bir vaqtning özida önlab ayollar va ularning farzandlarini xavfsiz boşpana bilan ta’minlaş imkoniyatiga ega. Zaruratga qarab qabul quvvati moslaştiriladi. Aholisi köp hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar soni yuqori bölgan hududlarda bunday markazlarga ehtiyoj katta. Bugungi kunda markazlar Toşkentda 2 ta, Samarqand, Buxoro, Andijon, Çirçiq, Quvasoy, Nukus va Termizda faoliyat yuritmoqda.

Loyiha taşkilotçilarining aytişiça, "Ona uyi"ga, avvalo, homilador ayollar hamda olti yoşgaça farzandi bölgan, oğir hayotiy vaziyatga tuşgan onalar (16–40 yoş) qabul qilinadi. Asosiy mezon - bolaning onasidan ajralib qoliş xavfi mavjud bölişidir.
Joylar çeklangan hollarda quyidagi toifadagi ayollarga ustuvorlik beriladi:
oilaviy zöravonlik qurbonlari;
boşpanasiz qolgan ayollar;
yangi tuğilgan çaqaloği bilan oğir vaziyatga tuşgan onalar;
ijtimoiy yetimlik xavfi mavjud oilalar.
Har bir murojaat mutaxassislar tomonidan individual tartibda baholanadi.
Ayollar markazda odatda 6 oygaça yaşaydi. Zarurat tuğilganda uşbu muddat uzaytirilişi mumkin.

Har bir ayol uçun individual reabilitatsiya rejasi işlab çiqiladi. Unda:
hujjatlarni tiklaş;
psixologik yordam;
huquqiy maslahat;





















