Kun.uz qariyb 20 yildan beri uçuvçi bölib işlayotgan Uluğbek Mavlonov bilan suhbatlaşdi. Uning aytişiça, aviatsiya insonlar uzoğini yaqin qildi, transportlar içida eng xavfsizi ham – samolyot. Oxirgi paytda dunyo osmonida aviahalokatlar keskin köpaydi degan fikrga esa uçuvçi qöşilmaydi. Suhbatda Ozarboyjon samolyotining Aqtaudagi halokati, uçuvçi bölişning xavfli tomonlari va qiyinçiliklari, havo kemasining qanday harakatlanişi-yu, favqulodda holatlardagi yeçimlar haqida söz boradi.

Uluğbek Mavlonov 2006 yildan beri “Uzbekistan Airways” AJda uçuvçi bölib işlar ekan, hozirgaça 8 ming soatdan köproq uçgan. U asosan Nyu York, Seul, Mosvka, Pekin, Dubay, Jakarta kabi şaharlarga parvoz qiladi. Mavlonovning sözlariga köra, u bu kasb egasi bölişni boğça yoşidan istagan, uçuvçilikdan boşqa kasb egasi bölişni xayoliga ham keltirmagan. “Sankt-Peterburgda öqişni tamomlagaç, 2006 yildan boşlab odam taşiy boşladim. Öşa paytda kiçkina «AN-24» rusumli samolyot bölardi, xavfsiz, lekin şovqini baland va eskirgan edi”, deydi uçuvçi.

Dunyo osmoni nega notinç?

2024 yilning oxiri, 2025 yilning birinçi oyi aviahalokatlarga boy böldi. Ketma-ket aynan yölovçi taşiş samolyotlari ayançli avariyalarga uçradi, yuzlab insonlar halok böldi. Masalan, Aqtauga qulagan Ozarboyjon samolyoti yoki tösiqqa urilib yonib ketgan Koreyadagi samolyot – köpçilikning ta’bini xira qildi. Bundan taşqari, Yevropa, AQŞda ham qator aviahalokatlar yuz berdiki, natijada aviatsiya xizmatlaridan qörqadiganlar soni köpaydi. Xöş, aslida avval ham şunday köplab halokatli voqealar yuz berganmidi yoki bu media yuzini körmaganmi? Uluğbek Mavlonov aviahalokatlar birdan köpaygan, degan fikrga qöşilmaydi.

“Hozir media rivojlandi, ular tez işlayapti. Avvallari ham bunday voqealar yuz bergan, statistika transport vositalari içida eng xavfsizi samolyot ekanini isbotlaydi. Lekin OAVda xabarlar juda tez tarqalmoqda, töğriligini tekşirmasdan ham berib yuborişadi. Aslida hammasi öşa-öşa”, - deydi uçuvçi.

Oxirgi 20 yilda aviatsiya qanday özgardi?

Uluğbek Mavlonovga köra, oxirgi 20 yilda aviatsiya sohasi takomillaşdi, samolyotlar ança qulay, zamonaviy va xavfsiz böldi. Çunki oldinlari halokatlarda inson iştiroki köp edi, ya’ni aksariyat hollarda ekipaj a’zolari yoki uçuvçi aybdor bölardi. Lekin hozir havo transporti avtomatlaştirildi, zamonaviylaşdi. Avvalgilariga qaraganda hozirgi samolyotlarni boşqariş ham ança osonlaşgan, deydi uçuvçi.