«Ukraina NATOga kirmaydigan bo‘lsa, bizga yadroviy qurol bering» - Zelenskiy
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, agar Ukraina NATO a’zosi bo‘lmasa, «Putin mamlakat hududidan butunlay chiqib ketishi kerak». Shundan so‘ng Kiyev barcha yo‘qotishlar uchun moliyaviy kompensatsiya masalasini ko‘taradi.

Foto: EPA
Volodimir Zelenskiy agar Ukraina NATOga qabul qilinmasa, yadroviy qurol yetarlicha xavfsizlik kafolati bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u britaniyalik jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida qayd etdi. Intervyu parchalari 4 fevral kuni Morganning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida paydo bo‘ldi.
Jurnalist Zelenskiydan Ukraina Vladimir Putinni yangi hujumlardan tiyib turishda qanday xavfsizlik kafolatlarini ko‘rib chiqayotganini so‘ragan.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, agar Ukrainaning NATO a’zoligiga qabul qilinishi yillar yoki o‘nlab yillarga cho‘ziladigan bo‘lsa, unda «mutlaqo adolatli savol» yuzaga keladi:
«Ushbu yo‘lda bizni har doim bu yovuzlikdan nima himoya qiladi? Qanday yordam paketi? Qanaqa raketalar? Bizga yadroviy qurol berishadimi? Unday bo‘lsa, bizga yadroviy qurol berishsin. Biz Rossiyani to‘xtatib qolishimizga yetadigan miqdorda raketalar beriladimi? Men bunga ishonmayman, ammo o‘ylaymanki, bu yordam bergan bo‘lardi. Aks holda Rossiyaning yadroviy raketalarini qanday raketalar tutib qola oladi? Bu ritorik savol. Shuning uchun keling quyidagicha yo‘l tutamiz: bizga yadroviy qurolimizni qaytaring, raketa majmualarini bering, sheriklarimiz millionlik armiyani moliyalashtirishga ko‘maklashadi, o‘z kontingentingizni biz barqarorlik istayotgan, insonlar xotirjam bo‘ladigan hududlarimizga joylashtiring», — deydi Zelenskiy.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, agar Ukraina NATO a’zosi bo‘lmasa, «Putin mamlakat hududidan butunlay chiqib ketishi kerak», shundan so‘ng Kiyev barcha yo‘qotishlar uchun moliyaviy kompensatsiya masalasini ko‘taradi.
«U [Putin] biz NATO a’zosiga aylanishimiz mumkinligidan qo‘rqib hujum qildi. Yaxshi, biz NATO a’zosi emasmiz — yerlarimizni qaytaring. Bu xuddi shunday ko‘rib chiqilishi kerak», — deydi Ukraina prezidenti.
Ukraina 1994 yil dekabrda imzolangan Budapesht memorandum doirasida yadroviy quroldan voz kechgan. Hujjatda yadroviy quroldan voz kechilgani evaziga Ukrainaning hududiy yaxlitligi kafolanishi ko‘zda tutilgan. Hujjatga Rossiya, Ukraina, Buyuk Britaniya va AQSh imzo chekkan.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
-
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 14:40
Mavzuga oid

13:53
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirishga intilyapti

01:23
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi

14:39 / 13.03.2025
Zelenskiy AQShning Rossiyaga nisbatan «kuchli qadamlari» haqida ogohlantirdi

09:47 / 13.03.2025