Ulushdorlar quruvchini maxsus platforma orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda 1 iyuldan uy-joy qurilishi bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Unda quruvchilar loyihasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi kerak.

Foto: KUN.UZ / Muhammadjon G‘aniyev
O‘zbekistonda uy-joylar qurilishi bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu prezident farmonida nazarda tutilgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda «Shaffof qurilish» tizimi doirasida platforma yaratish topshirildi.
Hujjatda aytilishicha, platforma 2025 yil 1 iyulda to‘liq ishga tushishi rejalashtirilgan.
Ulushdorlarning mablag‘larini jalb qiladigan quruvchilar quyidagilarni platformaga joylashtirishi kerak:
- qurilayotgan binoning aniq manzili;
- qavatlar, kirish yo‘laklari, xonadonlari va noturar joylar soni;
- maydon va unga tutash hudud;
- moliyalashtiruvchi tijorat banki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- sotilgan turar va noturar joylar;
- loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi;
- qurilishni boshlash sanasi va foydalanishga topshirish muddati;
- qurilish holati va boshqa ma’lumotlar.
Elektron platformaga ma’lumotlari joylashtirilmagan obektlar bo‘yicha tuzilgan ulushli shartnomalarga notarial harakatlar amalga oshirilmaydi hamda bunday shartnomalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Ma’lumotni platformaga joylashtirmagan quruvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
Jamiyat | 07:53
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
Mavzuga oid

22:07 / 03.12.2024
“Banditlar boshqargan ekan-da?” - Javlon Yunusovning Toshkentdagi qurilish loyihalaridan odamlar norozi

12:06 / 21.07.2023
Yo‘lsiz yo‘lovchilar - trotuarni ham egallayotgan quruvchilar qachon standartlarga amal qiladi?

15:17 / 02.10.2021
1 oktyabrdan boshlab quruvchilarga o‘zi qurgan uylarga 2 yil xizmat ko‘rsatish majburiyati yuklatilmoqda

18:48 / 10.11.2020