Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Kursk oblasti uchun gumanitar koridor yaratishga tayyor
Ukraina prezidenti idorasi mamlakat Kursk oblastidan Rossiyaga gumanitar yo‘lak ochishga tayyorligini bildirdi. Biroq, bunday so‘rov hali qabul qilinmagan, deya qo‘shimcha qilindi Kiyevda.
Foto: AFP
Kiyev Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi Kursk oblasti hududidan Rossiyaga gumanitar yo‘lakni Moskva «rasmiy ravishda so‘rasa» yaratishga tayyor. Bu haqda 6 fevral, payshanba kuni Ukraina prezidenti devoniga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Zelenskiy ma’muriyati Rossiya tomonidan hozircha tegishli so‘rov kelib tushmaganini ta’kidladi. Ukraina Moskvani o‘z fuqarolari taqdiriga befarqlikda aybladi.
Peskov: Kursk yaqinida gumanitar yo‘lak yaratish harbiylarga bog‘liq
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kursk oblastida gumanitar koridor tashkil etilishi harbiylar aloqalarga bog‘liqligini aytgandi. Uning fikricha, buni oshkora e’lon qilib bo‘lmaydi.
2024 yil dekabr oyida Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova Ukrainadan mintaqada gumanitar koridor yaratishni so‘radi. Ombudsman Ukraina armiyasi nazorati ostidagi hududlarda qolgan tinch aholi maqsadli insonparvarlik yordami yetkazib berilmasdan yoki isitish tizimi bo‘lmagan yerto‘lalarda yashayotganini aytdi.
Mavzuga oid
19:55 / 25.11.2025
Ukraina yana o‘qqa tutildi: Kiyev shahri va oblastida 9 kishi halok bo‘lgan
13:36 / 16.11.2025
Rossiyaning Kiyev bo‘ylab navbatdagi yopirilma zarbasi – fotosuratlar
17:56 / 26.10.2025
Rossiya qatorasiga ikkinchi tunda Kiyevni o‘qqa tutdi
08:47 / 19.09.2025