Eron oliy rahbari Ali Xominaiy yadro qurolini işlab çiqişni taqiqlovçi fatvoni bekor qilişi kerak. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining (IIMK, Eron qurolli kuçlarining nufuzli bölinmasi) bir qator yuqori martabali qömondonlari fikriça, Tehron Ğarbdan kelayotgan «mavjud tahdidlarga» qarşi turiş uçun atom bombasini işlab çiqişi kerak. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi 8 fevral, şanba kuni xabar berdi.

Uning sözlariga köra, qömondonlar Donald Tramp AQŞda Oq uyga qaytganidan keyin öz fikrlarini özgartirgan. «Biz heç qaçon bunçalik himoyasiz bölmaganmiz va bu keç bölmasidan oldin unga (bomba) egalik qiliş uçun sönggi imkoniyatimiz bölişi mumkin», — dedi naşr manbalaridan biri.

Xominaiyga qattiq siyosat tarafdorlari tomonidan bosim kuçaymoqda

2005 yilda Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) yiğilişida tilga olingan fatvoda Xominaiy bunday qurollar «mutlaqo harom», ya’ni gunoh va Islomda taqiqlanganligini ta’kidlagan.

«Biz hozir duç kelayotgan ekzistensial tahdid, avvallari oliy rahbarning buyruqlarini bajargan bir qança yuqori martabali qömondonlarni yadroviy qurol yaratişga undaşga majbur qildi», dedi Tehrondagi Eron rasmiylaridan biri.

Sönggi oylarda Xominaiyga qattiqqöl siyosat tarafdorlari tomonidan bosim kuçaygan, deb yozadi The Daily Telegraph. 2024 yilda önlab Eron parlamentariylari Milliy xavfsizlik oliy kengaşini Islom Respublikasining yadro siyosatini qayta körib çiqişga çaqirgandi.