Firibgarlar sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozettoning ovozini hosil qilib, pul undirişga urindi, deb xabar beradi La Repubblica.

Qayd etilişiça, jinoyatçilar Krozetto va vazirlikning boşqa xodimlari nomidan italiyalik tadbirkorlarga qönğiroq qilib, ularni çet el banklaridagi hisobraqamlarga pul ötkazişga köndirmoqçi bölgan. Ular pul Suriya va Eronda garovda saqlanayotgan italiyaliklarni çiqarib oliş uçun kerakligini aytişgan.

Firibgarlar dipfeyklardan taşqari Mudofaa vazirliginikiga öxşaş raqamlardan qönğiroq ham qilgan. Italiya OAVga köra, modeler Jorjo Armani, Prada modalar uyi direktorlar kengaşi rahbari Patritsio Bertelli, Pirelli şinalar işlab çiqaruvçisi top-menejeri Marko Tronketti Provere, şuningdek, «Inter» futbol klubining sobiq egasi milliarder Massimo Morattiga şu kabi qönğiroqlar bölgan.

Financial Times ma’lumotlariga köra, qurbonlardan kamida bir nafari firibgarlarga 1 million yevro ötkazib bergan. Italiya OAVga köra, firibgarlar yanvar oyida Eron qamoqxonasidan jurnalist Çeçiliya Sala ozod etilgani va bu barça joyda ovoza bölganidan foydalangan.

Firibgarlar odamlarning ovozi va tasvirini paydo qilişda köpinça dipfeyklardan foydalanmoqda. Sumsub kompaniyasi hisob-kitoblariga köra, firibgarlar tomonidan 2023 yilda bu kabi texnologiyadan foydalaniş 700 foizga oşgan.