Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Kongress taqiqiga qaramay Fort-Bregg harbiy bazasining tarixiy nomini tikladi
Fort-Bregg dunyodagi eng katta harbiy obektlardan biri bo‘lib, u 2023 yilda «Fort-Liberti»ga o‘zgartirilgandi. AQSh Mudofaa vaziri esa bazaning tarixiy nomini qaytarish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.
AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegset Fort-Bregg harbiy bazasining tarixiy nomini tikladi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabar berdi.
«Ha, Bregg qaytdi!» — deya vazir tegishli buyruqqa imzo chekkan.
Fort-Bregg dunyodagi eng katta harbiy obektlardan biri bo‘lib, Amerika Konfederativ Shtatlari generali Brekston Bregg sharafiga nomlangan. «Fort-Liberti» («Ozodlik forti») nomini esa baza 2023 yilda taniqli konfederativlar sharafiga nomlangan federal muassasalarni qayta nomlash dasturi doirasida olgandi. O‘shanda AQSh Kongressi Pentagon budjetini tasdiqlashni to‘qqizta harbiy baza nomini majburiy o‘zgartirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lab qo‘ygan edi.
Kongress talabi hozir ham kuchda, ammo vazir uni chetlab o‘tish yo‘lini topgan. U imzolagan hujjatga ko‘ra, bazaning to‘liq nomi «Roland L. Bregg forti» bo‘lib, u AQShning yuksak harbiy mukofotlari bilan taqdirlangan Ikkinchi jahon urushi faxriysidir.
Harbiy bazaning tarixiy nomi tiklanishi ko‘pchilik amerikaliklar uchun yangilik bo‘lmadi. Chunki Xegset bir necha bor o‘z chiqishlarida tarixiy nomlarning o‘zgartirilishidan norozi ekanini bildirib, buni «sharmandalik» va «safsata» deb atagan.
Mavzuga oid
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
21:13 / 12.05.2026