Özbekiston prezidentining tegişli qarori bilan bojxona xizmati polkovnigi Ğayrat Nosirov bojxona qömitasi raisining birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Ğayrat Nosirov «Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi boşliği lavozimida xizmat qilgan.
Ta’kidlanişiça, şu kunga qadar bojxona qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan Ilxom Muxtorov esa bojxona organlaridagi boşqa tuzilmalarda öz xizmatini davom ettiradi.
Ilhom Muxtorov bundan oldin Davlat bojxona qömitasi Xavflarni monitoring qiliş va baholaş boşqarmasi boşliği lavozimida ham faoliyat yuritgan. U 2020 yil yanvarida prezident tomonidan «Şuhrat» medali bilan taqdirlangan edi.












