Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Rossiya Belarusga 100 ming askar yuborishga tayyorlanmoqda
Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda Ukrainaga uyushtirilgan hujumdan oldin bo‘lgani kabi Rossiya qo‘shinlari Belarusga harbiy o‘quvlar bahonasida jo‘natilishi mumkin.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya hukumati Belarusga katta miqdorda qo‘shin yuborishga tayyorlanayotgani, ulardan NATO davlatlarining biriga hujum qilishda foydalanilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u The Economist’ga bergan intervyusida ta’kidlagan.
«Urush uyinga kelmaguncha, hech kim uning nima ekanini tushunmasa kerak deb o‘ylayman. Hech kimni qo‘rqitmoqchi emasman. U keladi. Men shunchaki faktlar haqida gapirayapman. Bugun dunyo Putinni sekinlik bilan, juda sekinlik bilan to‘xtatayotgan bir paytda, u keladi. Va bu fakt», — deydi Zelenskiy.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina maxsus xizmatlaridan Vladimir Putin taxminan 100 ming kishini qamrab oladigan 10-15 ta diviziyani shakllantirayotgani, ular 2022 yilda Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanishidan oldin bo‘lgani kabi Belarusdagi o‘quvlarga jo‘natilishi to‘g‘risida ma’lumot olgan.
«U [Putin] oldingidek buni Ukraina chegarasidagi o‘quvlar ekanini aytadi. Ammo ishoning, bu hujumkor harakatlari uchun platsdarmga tayyorgarlik… U Ukrainaga borishini sizga kim aytdi? Kim sizga u Litvaga, Polshaga bormasligini aytdi?», — deydi Zelenskiy.
«Biz [harakatsiz] turgan paytda u katta miqdordagi qo‘shinlar uchun platsdarm tayyorlayotgan bo‘lishi va shunchaki shu platsdarmni olib boshqa yo‘nalishga yurishi mumkin. U Polshaga boradi, Litvaga boradi va ularni bosib oladi. Nega hech kim bu sodir bo‘lishi mumkin deb o‘ylamaydi?», — deya qo‘shimcha qiladi Zelenskiy.
Avvalroq, Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Rossiya qurolli kuchlarining o‘sishini hisobga olgan holda, 2029-2030 yillarda Rossiya NATO davlatlariga hujum qilishga urinishining nazariy imkoniyati saqlanib qolayotganini aytgan edi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026