Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyani iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlar norasmiy klubiga qaytariş va G8 formatini qayta yaratiş taklifiga qarşi çiqdi. Germaniya diplomatiyasi rahbarining 14 fevral, juma kuni aytgan sözlarini AFP agentligi keltirdi.
«Katta yettilikdagi hamkorlar sifatida biz bu şafqatsiz bosqindan keyin sönggi uç yil içida bu Rossiya bilan, Putin Rossiyasi bilan normal hamkorlik bölişi mumkin emasligini qayta-qayta aniq aytdik», — deya ta’kidladi Germaniya TIV rahbari.
«Agar biz hammamiz tinçlik yöliga qaytsak va bu bosqinçilik siyosati özgarsa, bu, albatta, biz turli sohalarda hamkorlikni qayta tiklaşimiz mumkinligini anglatadi», — deya davom etdi u.
Germaniya taşqi işlar vaziri Ukrainadagi «soxta tinçlik» haqida ogohlantirdi
Şu bilan birga, Annalena Berbok Ukrainadagi uruşni uzoq muddatga tugatişga çaqirdi va «soxta tinçlik» haqida ogohlantirdi.
13 fevral kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat çoğida Tramp avvalgi format ehtimoli haqida şunday dedi: «Men ularning (Rossiya Federatsiyasi vakillari) qaytişini juda istardim. Menimça, ularni haydab çiqariş xato böldi. Gap menga Rossiya yoqişi yoki yoqmasligida emas. Gap G8'da», — deya uning sözlarini keltirdi Reuters agentligi. «Men: «Nima qilyapsizlar? Sizlar Rossiyadan boşqa heç narsa haqida gapirmayapsizlar, ular esa biz bilan stolda ötirişlari kerak», dedim. Menimça, Putin qaytib kelgan bölardi», dedi u.
Rossiya 1997 yildan 2014 yilgaça "katta sakkizlik" a’zosi edi. Biroq Qrim Rossiya tomonidan qöşib olinganidan söng, birlaşma öz faoliyatini «katta yettilik» formatida davom ettirdi. Unga AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Yaponiya kiradi.

















