Xitoylik olimlar gen tahrirlaş texnologiyasidan foydalanib, Q10 koenzimini sintezlaydigan yangi guruç navini yaratişga muvaffaq böldi.
Koenzim Q10 — inson hujayralari energiya almaşinuvining asosiy tarkibiy qismi bölib, yurakni antioksidant himoya qilişda muhim vazifalarni bajaradi. U oksidlaniş jarayonlarini kamaytiradi, yurak muşaklariga kuç bağişlaydi, muşaklar tirişişi va spazmalarini, oğriq sindromining oldini oladi hamda teri osilişini bartaraf etadi.
Köplab sportçilar bu moddani öz ratsioniga qöşadi. Modda muşak tolalarini mustahkamlaydi, sport maşğulotlaridan keyin kuç va quvvatni tiklaşga yordam beradi.
Ammo inson tanasida uşbu moddani sintez qiliş qobiliyati 20 yoşdan söng sezilarli darajada pasayadi. Şu sababli, olimlar uni guruç kabi an’anaviy don ekinlaridan olişni taklif etdi.
Tadqiqotçilar 67 oilaga mansub 134 ta ösimlik namunalarini töpladi va koenzim yopiq uruğli ösimliklarga xos ekanini aniqladi. Ğalladoşlar, murakkabguldoşlar va qovoqdoşlar oilasiga mansub ösimliklarning aksariyati asosan Q9 koenzimini sintez qiladi. Xitoyning asosiy milliy ekin turi bölgan guruç esa inson uçun zarur hisoblangan Q10 koenzimiga boy hisoblanadi.
Olimlar maxsus texnologiyadan foydalanib, uşbu foydali moddani sintezlaydigan guruç navini yaratdi. Natijada, olingan namunaning barglarida koenzim miqdori umumiy miqdorning 75 foizini taşkil etdi, guruç donlarida esa uşbu modda uluşi bir grammda 5 mikrogrammgaça yetdi. Bunda hosildorlikka salbiy ta’sir körsatilmagan.
Xitoy Fanlar akademiyasi yangi guruç naviga inson uçun Q10 koenzimining eng muhim manbai sifatida qaramoqda.

















