AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda
Oxirgi oylarda Aleksandr Lukashenko 200 dan ortiq mahbusni afv etish bo‘yicha farmonlar imzolagan, ammo undan ko‘proq odam hibsga olingan. Mahbuslarning ozod etilishi evaziga AQSh Belarusga nisbatan sanksiyalarini yumshatadi.

Foto: REUTERS
Donald Tramp ma’muriyati belaruslik siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha keng ko‘lamli bitim tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vilnyusda g‘arblik diplomatlar bilan o‘tkazilgan yopiq uchrashuvda AQSh davlat kotibining yordamchisi Kristofer Smit ma’lum qildi, deb yozadi The New York Times.
12 fevral kuni Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va Rossiya—Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshlanishini aytdi. Uning ortidan Minskka oxirgi besh yil ichida birinchi marta AQSh Davlat departamenti vakili tashrif buyurdi. Kristofer Smit Aleksandr Lukashenko hamda Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi va yakunda uch nafar mahbus, jumladan, AQSh fuqarosining ozod etilishiga erishdi.
«Ikkala voqea ham Vashington repressiv siyosati va Ukrainadagi urush tufayli G‘arbda yaxshi qabul qilinmaydigan yetakchilarni uzoq yildan beri izolyatsiyalashga bo‘lgan urinishdan chekinayotganiga signaldir», — deb yozadi NYT.
Vilnyusda diplomatlar bilan uchrashgan Smit uch nafar mahbusning ozod etilishini «maxsus operatsiya» va «prezident Trampning kuch orqali tinchlik o‘rnatish siyosatining ulkan g‘alabasi» ekanini aytdi. Keyingi qadam Lukashenko ko‘plab siyosiy mahbuslarni ozod etadigan «katta bitim» bo‘lishini bildirdi. AQSh buning evaziga Belarus banklari va kaliy o‘g‘itlari eksportiga sanksiyalarni yumshatishi kerak bo‘ladi.
Vilnyusdagi uchrashuvda ishtirok etganlarning so‘zlariga ko‘ra, Smit Lukashenkodan repressiyani yumshatishga tayyorligi bo‘yicha kafolat olgan. Amerikalik diplomat ushbu jarayonda AQShning asosiy maqsadi ko‘proq siyosiy mahbuslarni ozod etish ekanini bildirgan.
Davlat departamenti Lukashenko bilan bitim va munosabatlar to‘g‘risida rasman hech narsa ma’lum qilmadi.
«Vesna» inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Belarusda 1226 nafar siyosiy mahbus bor. Oxirgi oylarda Aleksandr Lukashenko 200 dan ortiq mahbusni afv etish bo‘yicha farmonlarni imzoladi. Ammo muxolifat faollarining ta’kidlashicha, bu vaqt davomida yanada ko‘proq odam hibsga olingan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

18:00 / 25.03.2025
Dunyoning yarmi Belarusdagi kabi diktaturani orzu qiladi – Lukashenko

17:25 / 25.03.2025
Lukashenko yettinchi marta Belarus prezidenti bo‘ldi

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

20:56 / 27.02.2025