AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq sözlab, Yevropa davlatlari siyosatini keskin tanqid qildi.
«Yevropaga böyiça meni eng köp xavotirga solayotgan tahdid — Rossiya, Xitoy yoki boşqa taşqi kuç emas. Içkaridan kelayotgan tahdid meni xavotirga solmoqda. Yevropaning eng asosiy qadriyatlaridan ba’zilaridan çekinişi: Amerika Qöşma Ştatlari ham baham köradigan qadriyatlardan», —dedi Vens.
AQŞ vitse-prezidenti 13 fevralda — xavfsizlik böyiça konferensiya boşlanişidan bir kun oldin — Myunxenda boşqaruvida kelib çiqişiga köra Afğonistondan bölgan 24 yoşli şaxs avtomobilda namoyişçilarni bosib ketgani, natijada 20 dan ortiq kişi jarohatlanganini eslatgan.
«Yönalişni özgartirişimiz va umumiy sivilizatsiyamizni yangi yönalişga olib borişimizdan oldin bunday dahşatga yana qança çidaşimiz kerak? Bu qit’ada heç bir saylovçi saylov qutisi oldiga millionlab tekşirilmagan immigrantlar uçun eşiklarni oçiş uçun kelmagan», — dedi Vens.
U, şuningdek, köpçilik ovoz töplagan nomzod Kalin Jorjyesku Rossiya bilan aloqadorlikda gumon qilingaç, Ruminiya prezidenti saylovining birinçi bosqiçi natijalari bekor qilinganini eslatdi. Taxminlarga köra, Rossiya ijtimoiy tarmoqlarda Jorjyesku nomzodini qöllab-quvvatlaş kampaniyasini uyuştirgan.
«Rossiya sizning saylovlaringizga ta’sir ötkaziş uçun ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarni sotib olişi notöğri deb öylaşingiz mumkin. Biz, albatta, şunday deb hisoblaymiz. Siz buni jahon maydonida ham qoralaşingiz mumkin. Ammo agar sizning demokratiyangiz boşqa mamlakatning bir neça yuz ming dollarlik raqamli reklamasiga doş berolmasa, demak, u avvalboşdan unçalik kuçli bölmagan», — dedi u.
Keyin esa Vens Myunxen xavfsizlik konferensiyasi taşkilotçilari «xoh söl bölsin, xoh öng bölsin, barça populistik partiyalarga mansub bölgan deputatlarga munozaralarda qatnaşişni taqiqlagani»ni qayd etdi.
«Biz odamlar aytgan hamma narsaga yoki nimagadir qöşilişga majbur emasmiz. Ammo siyosiy yetakçilar muhim elektoratni ifoda etadigan bölsa, biz heç bölmaganda ular bilan muloqotda iştirok etişga majburmiz», — dedi u. «Men haqiqatan ham işonamanki, agar fuqarolarimizga öz fikrlarini bildiriş imkoniyati berilsa, ular yanada kuçli böladilar», — deya qöşimça qildi u.
AQŞ vitse-prezidenti, şuningdek, Buyuk Britaniyadagi «bufer zonalar» töğrisidagi qonunni eslatib ötdi, unga köra, abortga qarşi tarğibot bevosita abort ötkaziladigan muassasalar yaqinida çeklangan.










