Toşkent şahridagi “Yoşlar ijod saroyi”da namunaviy kreativ park taşkil qilingandi. Davlat rahbari endi kreativ industriya parklari hududlarda ham barpo etilişini aytdi. Ular zarur resurs va infratuzilma bilan ta’minlanadi.
Yoşlar bilan muloqot davomida ma’lum qilinişiça, kreativ industriya parki rezidentlariga 2030 yil yakunigaça imtiyozli soliq rejimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy va daromad soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi, rezidentlar tovarlarni realizatsiya qiliş hajmidan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq tölovçilar böladi.
Parklar negizida kreativ soha vakillarini öqitadigan biznes maktablari taşkil qilinadi. Uşbu maktablarda yoşlar yangi va zamonaviy biznes yuritiş hamda elektron tijorat kabi xizmat körsatişning innovatsion usullarini örganadi.

















