Özbekistonning yirik şaharlarida yaşillik qisqaryapti. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari Özbekistonda şaharlarning kengayişi va buning atrof-muhitga ta’sirini tahlil qildi. Unga köra, Toşkentdagi qurilişlar sabab yaşillik qisqarib borgan. Yaşillik 2022 yilda 2017 yildagiga nisbatan Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida 26 foiz, Yakkasaroyda 23 foiz, Olmazorda 33 foiz, Mirzo Uluğbekda 18 foizga qisqargan. Bunday holat respublikaning boşqa hududlarida ham aniqlangan. Buxoro şahrining markaziy qismida yaşillik darajasi 37 foizga kamaygan.
Lekin ekosevar davlatlar allaqaçon ekologiya salomatlik uçun öta ahamiyatli ekanini, buning uçun yaşil zonalar muhimligini tuşungan. Ayniqsa, iqlim özgarişi muammolari yiriklaşib borayotgan bir paytda yaşillik qança köp bölsa, uning ta’siri kamroq his qilinadi.
Ekologiya – davo
Tabiatning inson ruhiy va jismoniy salomatligi uçun foydasi katta. 18 ta davlatdan 16 ming odam qatnaşgan tadqiqotda yaşil va qirğoqböyi hududlarda yaşovçi iştirokçilarning umumiy holati boşqalarnikidan yaxşiroq ekani ma’lum bölgan. Bundan taşqari, yaşil zonalar va suv böyiga tez-tez borib turadiganlarning soğligida ham muammolar kam, stressga kamroq yöliqişadi.
Yaponlarda tabiatdan davo oliş usuli – “Örmon duşi” mavjud. Bu terapiyaga köra, inson örmon yoki daraxtlar orasida çuqur nafas olgan holda piyoda sayr qiladi. Tabiatni his qiliş va daraxtlar isini tuyiş bilan qon bosimi tuşadi, stress kamayadi.
Şuning uçun ham olimlar haftasiga kamida 2 soatni yaşil zona yoki qirğoq böyida sayr qilib ötkazişni maslahat berişadi.
Şaharlarni çöllantiriş emas, yaşillantirişning qanday tajribalari bor?
Yirik va aholi ziç yaşaydigan şaharlarda yaşillik yaratişyapti yoki saqlab qolişyapti. Qanday qilib?
Möl-köl parklar yaratiş: şaharlar içida yaşil boğlar öpka vazifasini bajaradi. Ular şahar aholisiga nafaqat toza havodan töyib nafas oliş imkonini beradi, balki issiq şaharlarning sovitkiçi bölib xizmat qiladi.






















