Allayev Dolli Hakimovich - O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

U 1965 yilda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda Qarshi davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – tarix va jamiyatshunoslik fani o‘qituvchisi.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.