Tadbirkor, uzoq yillar «Paxtakor» futbol klubi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Botir Rahimov Özbekiston tennis federatsiyasiga rais böldi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
17 fevral kuni Milliy olimpiya qömitasi rahbariyati va Sport vazirligi iştirokida uçta sport federatsiyasining navbatdan taşqari saylov konferensiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masalalar körilgan.
Jumladan, Özbekiston yengil atletika federatsiyasi konferensiyasida Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov federatsiya raisi, Otabek Çoriyev, Andrey Abduvaliyev va Kamoliddin Usmonov rais örinbosarlari, Kamoliddin Rözmuhammedov esa boş kotib lavozimiga saylandi.

Özbekiston qişki sport turlari assotsiatsiyasi tadbirida «Özmilliybank» AJ boşqaruv raisi Alişer Mirsoatov assotsiatsiya rahbari etib saylandi. U bungaça Özbekiston tennis federatsiyasi raisi edi.

Alişer Mirsoatov örniga Botir Rahimov Özbekiston tennis federatsiyasining yangi raisiga aylandi.
Ma’lumot uçun, Botir Rahimov 2001 yilda «Kapitalbank» xususiy bankini oçgan, uzoq yillar «Paxtakor» futbol klubiga rahbarlik qilib kelgan (2017 yilgaça), «Özbekiston» mehmonxonasi sobiq egasi. Şuningdek, moliya, suğurta, xalq iste’moli tovarlari işlab çiqariş, quriliş biznesi, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş bilan şuğullanadigan köplab kompaniyalarga asos solgan.
2016 yilda u milliarder Alişer Usmonovning jiyani bölgan Bobur Usmonovning bevasi Diyora Usmonovaga uylangan.













