Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida joylashgan «P.M.G.» MChJga qarashli AGTKShDA nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Foto: O‘zenergoinspeksiya
«O‘zenergoinspeksiya» xabar berishicha, mutaxassislar tomonidan AGTKShning gaz hisoblagichini ko‘zdan kechirishga borilganda, shoxobchaning gaz hisoblagichi o‘rnatilgan xonadan noma’lum shaxs qo‘lida har xil kabellar bilan chiqib, qochib ketgan.
Shundan so‘ng gaz hisoblagich ko‘zdan kechirilganda hisoblagichning aloqa tarmog‘i (porti) uzilmagani kuzatilib, hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilganiga shubha qilinib, hisoblagich konfiguratsiyalarini tekshirtirish uchun yechib olinishi bildirilganda, AGTKSh rahbarlari tomonidan to‘sqinlik qilingan va hisoblagichni yechib olishga qarshilik ko‘rsatilgan.
Shu vaqtda Sirdaryo tumani IIB tezkor vakili kelib, «O‘zenergoinspeksiya» mutaxassisi A.N.ga tegishli avtomashinani ko‘zdan kechirib, shubhali ravishda noma’lum modda topib, voqea joyidan mutaxassisni olib ketgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, (AGTKShning videokameralarida qayd etilgan lavhalarga ko‘ra) bu voqea AGTKShga tegishli shaxslar tomonidan qasddan uyushtirgani aniqlandi.
Tadbir davomida jamiyatga qarashli gaz hisoblash uskunasi ma’lumotlar bazasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblariga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 5 mlrd 740 mln so‘mni (2,2 mln m3) tashkil etgan. Aniqlangan holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborildi.
Ushbu tadbirkorlik sub’yektida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish takroran sodir etilgan. Inspeksiya mutaxassisi tomonidan 2024 yilda mazkur AGTKSh rahbariga qarashli Sirdaryo viloyatida joylashgan ikkita AGTKShda («S.A.L.» va «M.G.» MChJlar) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlab, jami 28,3 mlrd so‘mlik zarar hisob-kitob qilingan.
Mavzuga oid
13:20 / 03.12.2025
YeI 2027 yilgacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechish rejasini kelishib oldi
10:42 / 03.12.2025
YeIda gaz zaxiralari kam bo‘lishiga qaramay, narxlar pasaymoqda
18:45 / 30.11.2025
“Vaziyat nazorat ostida” - Energetika vazirligi Boysundagi kondan gaz sizib chiqqani haqidagi xabarga izoh berdi
16:05 / 25.11.2025