Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Erdo‘g‘anning taklifiga ko‘ra 18 fevral kuni Turkiyaga boradi
Shu kuni Saudiya Arabistonida Rossiya va AQSh vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Zelenskiy avvalroq Ukraina tomoni unda ishtirok etmasligi va ularni tan olmasligini ma’lum qilgandi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 18 fevral kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifi bilan ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. Uchrashuv davomida «strategik sheriklik» va ikki mamlakat hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, davlat rahbarlari «Ukrainadagi so‘nggi voqealar hamda boshqa mintaqaviy va global muammolar haqida» fikr almashadi, deb yozadi deydi Turkiya prezidenti ma’muriyati vakili Fahrittin Altun.
Dushanba kuni Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan Anqara Ukrainada tinchlikni ta’minlash va mamlakatning qayta tiklanishiga ko‘maklashishda har qanday rolni o‘ynashga tayyorligini bildirgan edi. Uning fikricha, kelishuvga erishish «juda qiyin» bo‘ladi. «Ideal dunyoda, biz, albatta, Ukrainaning hududiy yaxlitligi saqlanib qolishini xohlagan bo‘lardik. Ammo ayni vaqtda urush davom etmoqda va afsuski, yoqimsiz qarorlarni qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Hozir tomonlar ushbu tanlovni amalga oshirishga urinmoqda: nimani berish, nimani saqlab qolish, keyinroq nima haqida gaplashish mumkin», — deydi Fidan. Shuningdek, u mojaroning barcha ishtirokchilari, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jang qilayotganlar ham o‘z ustuvorligini birinchi o‘ringa ko‘yayotganini qayd etdi.
18 fevral kuni, shuningdek, Saudiya Arabistonida AQSh va Rossiya vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Zelenskiy Erdo‘g‘an bilan uchrashishini e’lon qilarkan, Kiyev ushbu muzokaralar haqida hech narsa bilmasligini va unda ishtirok etmasligini bildirdi. Avvalroq u Ukrainada «AQSh prezidenti Donald Tramp va Yevropa»ning tinchlik rejasi paydo bo‘lganidan keyin urushni to‘xtatish uchun Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tishini ta’kidlagan edi.
Ammo hozircha Vashington Zelenskiyga faqat Ukrainaning nodir metallari zaxirasidan foydalanish to‘g‘risidagi sheriklik bitimini taqdim etdi xolos. Hujjatga muvofiq, Kiyev Amerika yordami evaziga mamlakatning barcha mineral resurslarining 50 foizini AQShga berishi kerak. Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari taqdim etilmaguncha, bitimni imzolashdan bosh tortdi. Keyinroq u Ukraina ham «Isroil varianti» kabi kafolatlarni olishni xohlashini ma’lum qildi. U Eron Tel-Avivga hujum qilganida AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va hatto Iordaniya ham o‘zining havo hujumidan mudofaa kuchlari bilan ushbu mamlakatga yordam ko‘rsatganini eslatdi.
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi vakili Brayan Xyuz «Qo‘shma Shtatlar bilan iqtisodiy majburiyat aloqalari kelajakdagi bosqinlar uchun eng yaxshi kafolat» ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026