18 fevral kuni Buyuk Britaniya va Misr arxeologlari Fiva qabristonida miloddan avvalgi 1500 yillar atrofida Qadimgi Misrda hukmronlik qilgan fir’avn Tutmos II qabrini topdi. Bu haqda Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi ma’lum qildi.

Topilma 1922 yilda Tutanxamon qabri kaşf etilganidan keyingi ilk fir’avn qabri böldi, deydi vazirlik rahbari Şarif Fathi.

Foto:  AFP / Scanpix / LETA

Maqbaraning asosiy yölagiga kiriş joyi 2022 yil oktyabr oyida Luksor (qadimgi Fiva) atrofidan topilgan. Dastlab olimlar bu maqbara Tutmoslar sulolasiga mansub qirollik oilasi a’zolaridan biriga tegişli bölişi mumkin, deb taxmin qilgan. Çunki unga yaqin joyda Tutmos II ning rafiqasi — uning vafotidan söng taxtga çiqqan malika Xatşepsut maqbarasi, şuningdek, Tutmos II ning öğli fir’avn Tutmos III ning xotinlari maqbarasi joylaşgan edi.

Yangi qazişmalar natijasida bu qabr fir’avn Tutmos II ning öziga tegişli ekani aniqlandi. Bunga topilgan aşyolar, ayniqsa, marhum Tutmos II va malika Xatşepsutning nomlari bitilgan alebastr közalar bölaklari dalil bölmoqda.

Foto:  AFP / Scanpix / LETA

Bundan taşqari, arxeologlar fir’avnning dafn jihozlari qoldiqlarini topdi. Topilgan parçalar orasida kök rangli yozuvlar tuşirilgan suvoq qoldiqlari, şuningdek, Qadimgi Misr fir’avnlarining maqbaralarida uçraydigan “Am-Duat kitobi” tasvirlari mavjud.

Fir’avn Tutmos II dafn etilganidan köp ötmay, suv toşqini sodir bölib, qabrning içki qismiga jiddiy zarar yetgan. Tadqiqotçilar suv toşqinidan keyin qabr içidagi narsalar boşqa joyga köçirilganini aniqladi.

Tutmos II ning mumiyosi 1881 yilda Fiva nekropolidagi Dayr al-Bahri yaşirin qabrida topilgan. N+1 naşrining yozişiça, bu yaşirin joyda önlab mumiyolangan inson qoldiqlari, jumladan, fir’avnlar Tutmos III, Seti I, Ramzes II va Ramzes III ning mumiyolari saqlanib kelgan. Tutmos II ning dastlabki dafn etilgan joyi esa şu paytgaça noma’lum bölib kelayotgandi.