Vakayama okrug sudi sobiq boş vazir Fumio Kisidaga hujum qilgan 25 yoşli Ryudzi Kimurani aybdor deb topdi. Kyodo agentligiga köra, u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Ayblov tomoni Kimura uçun 15 yil qamoq jazosi söragan.
2023 yil aprelda Ryudzi Kimura Vakayama prefekturasidagi saylovoldi mitingida Fumio Kisidaga qölbola portlovçi qurilmani otgandi. Portlaş oqibatida politsiya xodimi va tadbir iştirokçilaridan biri jarohat olgan, Kisidaga esa heç qanday zarar yetmagandi.
Sud hukmiga köra, Ryudzi Kimura öz harakatlari boş vazirning ölimiga olib kelişi mumkinligini tuşungan. Ayblanuvçi hukumat rahbarini öldiriş niyatida bölmagani, ammo jamoatçilik e’tiborini tortişga uringanini bildirgan.
Ma’lumotlarga köra, uşbu voqeadan oldinroq yigit qonunçilikni özgartiriş va parlament saylovlarida iştirok etiş huquqini qölga kiritiş böyiça sudga da’vo kiritgan. Uning da’vosi rad etilganidan keyin Ryudzi Kimura ijtimoiy tarmoqlarda Yaponiyani «demokratiyaga qarşi despotik davlat» deb atagan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil sentabr oyida Fumio Kisida köplab mojarolar sabab saylovlarda iştirok etişdan boş tortgandi. Kisida uşbu «oğir qaror» mamlakatda «siyosiy islohotlarni oldinga siljitiş» istagi sabab qabul qilinganini bildirgandi.

















