Sudyalar oliy kengaşi sud işlariga aralaşiş, sudyalar daxlsizligiga ta’sir ötkaziş davom etayotganini ma’lum qildi. Xususan, Çinoz tuman sudi raisi çiqargan qarordan norozi bölgan tergov organi vakili sudya bilan janjal qilgan. Kengaş holatni tahdid sifatida qabul qilib, prokuraturaga taqdimnoma kiritdi.

2024 yilda sudyalarning daxlsizligini ta’minlaş, ularning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga aralaşuvlar böyiça Boş prokuraturaga 5 ta taqdimnoma kiritilgan. Bu haqda 20 fevral kuni Sudyalar oliy kengaşi rahbariyati iştirokida AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Taqdimnomalar natijasida 3 ta jinoyat işi qözğatilgan, 2 holat örganilmoqda. Şuningdek, 10 nafar sudyaga nisbatan yetarli asoslarsiz qöllangan intizomiy jazo çoralarini bekor qiliş yuzasidan ham tegişli malaka hay’atiga taqdimnoma kiritilgan.

«Sud işlariga aralaşiş, sudyalar daxlsizligiga ta’sir ötkaziş ehtimollari bor va bölib kelgan. Kengaş tarkibida sudyalar daxlsizligini ta’minlaş bilan şuğullanadigan alohida tuzilma bor, agar bu narsalar bölmaganda, tuzilmaga ehtiyoj bölmasdi. Mana, bitta misol keltirişim mumkin. Yaqinda Çinoz tuman sudi raisi çiqargan qarordan norozi bölgan tergov organi vakili sudya bilan janjal qilgan. Biz buni tahdid sifatida qabul qildik va prokuraturaga taqdimnoma kiritdik. Hozir şu iş böyiça tergov organi vakiliga xizmat tekşiruvi tayinlangan», deya kengaş raisi matbuot kotibi Tursunali Akbarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«Bosim har xil joydan bölişi mumkin. Hozir ijtimoiy tarmoqlar orqali jurnalist va blogerlar, advokatlar tomonidan ham bilvosita bosim kuzatilmoqda. Davlat organlari tomonidan ham, yuqori sud instansiyasidan ham bölişi mumkin», deydi Tursunali Akbarov.

Ma’lum qilinişiça, 2025 yilning 20 fevral holatiga tizimda 1518 nafar sudya faoliyat körsatmoqda. 2024 yilda 40 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan. Ularning 19 nafari öz arizasiga köra, 11 nafari sudyalik qasamyodini, 10 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uçun lavozimidan ozod qilingan.

Şahzod Öroqboyev,
Kun.uz