Senat 20 fevral kungi yalpi majlisda «Yer uçastkalaridan foydalaniş tartibi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni ma’qulladi.
Qayd etilişiça, hozirda yer va şaharsozlik töğrisidagi qonunçilik, şaharsozlik reglamentlari talablariga rioya etilişini ta’minlaş, yerdan foydalanuvçilar, ijaraçilar va mulkdorlarning yer uçastkalaridan foydalaniş tartibi töğrisidagi xabardorligini oşiriş maqsadida yer uçastkalaridan ruxsat etilgan foydalaniş turlarini aniqlaştiriş zarurati yuzaga kelmoqda.
Şuningdek, respublikada skverlar, istirohat boğlari, xiyobonlar, sayilgohlar hududlarini hamda ularda ekilgan daraxtlar muhofaza qilinişini kuçaytiriş, ular yerlarida bino va inşootlar qurilişini oldini oliş çoralarini köriş lozim.
Qonun bilan yer uçastkalaridan ruxsat etilgan foydalaniş turlari joriy etilişi, aholining madaniy-maişiy ehtiyojlarini qondiriş va dam olişi uçun foydalaniladigan yerlarni xususiylaştiriş yoki begonalaştiriş, hududlarini qisqartiriş, ularda bino va inşootlar quriş taqiqlanişi qat’iy belgilanmoqda.
Uşbu çeklovlarni buzganlik uçun jinoiy javobgarlik kuçaytirilişi, botanika boğlarini xususiylaştiriş va ularning hududlarida qurilişni amalga oşiriş taqiqlangan holda botanika boğlarining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar röyxatiga kiritilişini nazarda tutuvçi özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Xususan, qonun bilan Yer kodeksi alohida bob bilan töldirilib, yer uçastkalaridan ruxsat etilgan foydalaniş tizimini joriy etiş, ularni belgilaş va özgartiriş tartibi tatbiq etilmoqda.
Senatorlarning ta’kidlaşiça, qonunning qabul qilinişi yer resurslaridan oqilona foydalaniş va boşqariş samaradorligini oşiriş, yer fondining barça toifalaridagi yer uçastkalarini bozor va kadastr baholaş sifatini yaxşilaş, yerdan foydalanuvçilar, ijaraçilar va yer uçastkalari mulkdorlarining yer uçastkalaridan ruxsat etilgan foydalaniş turlari böyiça xabardorligini oşiriş va sohada nazorat samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
«Şuningdek, madaniy hordiq maskanlari va ularning hududlarini saqlab qoliş, botanika boğlari va ularning yerlarini begonalaştiriş, hududida bino-inşootlar quriş yoki quriliş osti maydonlarini kengaytirişni taqiqlaydi hamda mansabdor şaxslarning mas’uliyatini oşiradi», deyiladi xabarda.

















