Milliarder Roman Abramoviç Putin tomonidan Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar olib boriş vazifasi yuklangan guruhga kiritilmadi. 58 yoşli Abramoviç bundan oldin RFning Ğarb va Ukraina bilan aloqalarida «Kremlning norasmiy vakili» rolini bajargan, deb yozadi The Moscow Times. Milliarder 2022 yilda «ğalla bitimi»ning tuzilişida, 2023 yilda harbiy asirlar almaşinuvi va Ukrainadan olib çiqib ketilgan bolalarning qaytarilişida iştirok etgan.

Naşrning vaziyatdan xabardor manbasiga köra, Abramoviçning asosiy funksiyasi u bir vaqtning özida Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan aloqada bölganida edi. Ammo endilikda uşbu «plyuslar»ga ehtiyoj yöq. «Kreml endi Ukraina prezidenti bilan özaro munosabatlardan manfaatdor emas», — deydi manba

Saudiya Arabistonida Amerika delegatsiyasi bilan ötkazilgan muzokaralarga Putin TIV rahbari Sergey Lavrov, özining taşqi siyosat böyiça yordamçisi Yuriy Uşakov, şuningdek, Rossiya töğridan-töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari Kirill Dmitriyevni yuborgan. Dmitriyev Putinga oilaviy aloqalari sabab yaqin: u Putinning kenja qizi Yekaterina Tixonovaning yaqin dösti va biznes şerigi Natalya Popovaga uylangan.

Rossiyaning muzokarada iştirok etuvçilar jamoasi Kremldan Amerika delegatsiyasi bilan «maksimal darajada döstona böliş» va hatto AQŞ hamda şaxsan Trampga «maqtovli munosabat» körsatiş topşiriğini olgan. Manbalarning sözlariga köra, Moskva Vaşington mamlakatning muzlatilgan aktivlarini (6 milliard dollar) blokdan çiqarişga, şuningdek, sanksiyalarning bekor qilinişi va Obama ma’muriyati davrida olib qöyilgan diplomatik daçalarning qaytarilişida yordam berişiga umid qilmoqda.

The Moscow Times manbalarining ta’kidlaşiça, jamoa vaziyatga qarab kengayişi mumkin. Maslahatlaşuvlarga köpçilik, jumladan, Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin, TIV rahbari örinbosari Sergey Ryabkov va Yaqin Şarq böyiça maxsus vakil Mixail Bogdanov jalb etiladi.