Umuman olganda, 2024 yil davomida Samarqand viloyatida 9402 jinoyat sodir etilgan. Bu 2023 yil (5441 ta jinoyat) ga soliştirilganda 3961 taga yoki 72,8 foizga oşgan.

R.Mamatovning aytişiça, umumiy jinoyatlar uluşida uçdan bir qismidan köproği yoki 36,3 foizini axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar taşkil etgan va şuning hisobiga umumiy jinoyatlar soni ham keskin oşgan.

Öz-özidan tuşunarliki, bu internet orqali amalga oşirilgan öğriliklar va firibgarliklar bilan boğliq jinoyatlardir.

Viloyat IIBga kiberjinoyatlar töğrisida 2021 yilda jami 980 ta murojaatlar kelib tuşgan bölsa, 2024 yil yakuniga kelib uşbu mazmundagi murojaatlar soni 4758 taga yetib, ariza va murojaatlar soni 5 baravarga oşgan (2022 yilda 2213 ta, 2023 yilda 3519 ta murojaat bölgan).

Bunday jinoyatlar hududlar kesimida eng köp Samarqand şahrida röy bergan — 40 foiz. Şuningdek, yana 30 foizi Samarqand, Urgut, Past Darğom tumanlari va Kattaqörğon şahriga, yana 30 foizi qolgan tumanlar hissasiga töğri kelmoqda.

Firibgarlar asosan yoşi katta, qariya insonlarni aldaşadi, degan tuşunça bor. Lekin bu aldamçi fikr. Internet orqali çuv tuşayotgan qurbonlarning 50 foizi 17-35 yoş oraliğidagi yoşlar ekan. 36-45 yoş oraliğidagi jabrlanuvçilar 30 foizni, 46 va undan katta yoşdagilar 20 foizni taşkil etar ekan.

Internetdagi firibgarlik jinoyatlari 60 foiz holatda Telegram messenjeri va turli saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirilgan virusli ilovalar va soxta havolalar orqali oşirilar ekan. 20 foiz holatda telefon qönğiroq orqali çuv tuşiriş yuz beradi. Soxta birjaga investitsiya kiritişga çorlaş 15 foiz, meros yuboriş bilan aldaş 5 foiz holatlarda röy bergan.

Bunday jinoyatlar uçun keng yöl oçayotgan muammo va kamçiliklar sifatida qöyidagilar sanab ötildi:

  • Fuqarolarning axborot texnologiyalar sohasida yetarli bilim va könikmalariga ega emasligi, bank kartasidan xavfsiz foydalaniş va moliyaviy savodxonligi yöqligi;
  • Öğirlangan pullarni çet elga çiqib ketişining oldini oliş (muzlatiş) uçun banklar bilan hamkorlikda aniq bir mexanizm yöqligi, banklarda «antifrod» tizimi işlamasligi;
  • Bank plastik kartalari töğrisidagi ma’lumotlarni internet ijtimoiy tarmoqlari orqali uçinçi şaxsga sotiş hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali şaxsiy akkauntlar oçib beriş;