Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Donald Tramp bilan uçraşib, Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasini muhokama qilmoqçi. Şuningdek, ular AQŞ prezidentiga 30 ming tinçlikparvar kuçlarni Ukraina hududiga joylaştiriş taklifini berişni rejalaştirgan, deb yozadi The Wall Street Journal.

Naşr ma’lumotlariga köra, Makron Amerika prezidenti bilan ertaga, 24 fevral kuni, Starmer esa 27 fevral kuni uçraşadi. WSJ manbalarining qayd etişiça, Fransiya va Britaniya rejasi Moskva va Kiyev örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilgan taqdirda amalga oşişi mumkin. Ularning sözlariga köra, mamlakatlar AQŞ roziligisiz bunday qadamni taşlamaydi, şu bois Trampni Vaşingtonning Ukrainada «çeklangan harbiy roli»ni joriy etişga köndiriş rejalaştirilgan.

Rejaga muvofiq, AQŞ harbiy salohiyatining Yevropa Ittifoqida yetişmayotgan qismidangina foydalaniş közda tutilmoqda. Xususan, AQŞ Ukraina bilan çegaradoş davlatlarni havo hujumidan mudofaa tizimi bilan ta’minlasa, qolgan tizimlarni YeI taqdim etadi. Şu bilan birga, britan va fransuz harbiylari front çiziğiga yaqinlaşmagan holda muhim infratuzilmalar, şahar va portlar himoyasini ta’minlaydi.

Avvalroq Bloomberg uçun intervyuda Volodimir Zelenskiy 200 ming raqami köproq majoziy ekani va kontingentning haqiqiy soni Rossiya talab qiladigan ukrain armiyasi miqdoriga boğliq bölişi kerakligini aytgandi. «Agar biz uni [ukrain armiyasini] 200, 300 yoki 500 mingga qisqartirsak, qisqartirganimiz örniga boşqa qöşinlar kerakligini anglatadi», — degan Ukraina prezidenti.