Iqtisodiyot | 12:56 / 25.02.2025
2263
2 daqiqa o‘qiladi

Lahor va Karachida O‘zbekiston savdo vakillari ofisi tashkil etiladi

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev, Savdo-sanoat palatasi  raisi Davron Vahobov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirokida Pokiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasida biznes-forum hamda G2B va B2B shaklidagi muzokaralar o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA

Tadbirda ikki mamlakatdan 100 nafardan ortiq ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdi.

Pokiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi Atif Sheyx Ikram tadbirning ochilish qismidagi nutqida ikki davlat biznes doira vakillarining hamkorligi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarda yangi davrni boshlab berishini qayd etdi.

Ikki davlat tadbirkorlari to‘qimachilik, charm va junni qayta ishlash, qurilish materiallari, transport-logistika va farmatsevtika sohalarida o‘zaro hamkorlik istiqbollari bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov pokistonlik tadbirkorlarni 11-13 fevral kunlari Lahor shahrida o‘tkaziladigan Made in Uzbekistan sanoat ko‘rgazmasiga ishtirok etishni va ushbu tadbir doirasida mamlakatdan keluvchi biznes doira vakillari bilan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.

Pokistonda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari eksporti ko‘lamini oshirish maqsadida Lahor va Karachi shaharlarida "Savdo vakillari ofisi"ning tashkil etilishi va unga Pokistonda yashovchi vatandoshlardan xodimlar tayinlanishi ma’lum qilindi.

Mavzuga oid

E`lonlar