Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi poytaxtdagi boğçalarning birida tarbiyaçi bolani stulga skotçlab qöygani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi xususiy boğçalardan birida ovqat yeyişni istamagan bola stulga skotçlab qöyilgani tasvirlangan video tarqaldi.

Qayd etilişiça, Yunusobod tumanidagi First Daycare xususiy maktabgaça ta’lim taşkilotida 2025 yil 21 fevral kuni tarbiyaçi S.A. va tarbiyaçi yordamçisi X.M. tarbiyalanuvçilardan birini ovqat yemagani uçun stulga skotçlagani aniqlangan.

Taşkilot ma’muriyati tarbiyaçi S.A., tarbiyaçi yordamçisi X.M. bilan tuzilgan mehnat şartnomalarini bekor qilgan va ular işdan böşatilgan.

Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan suriştiruv-örganiş işlari olib borilayotganini bildiramiz.

Avvalroq Sergelidagi boğçada tarbiyaçining qöpol munosabati oqibatida bolaning oyoği singandi. Bolaning ota-onasiga boğça ma’muriyati tomonidan öğli özi yiqilib oyoği singani va Sergeli tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingani töğrisida xabar berilgan. Ammo kuzatuv kameralaridagi yozuvlar körilganida holat boşqaça bölgani aniqlangan.