Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Ğazodagi vaziyat

Falastin ma’muriyati Ğazoda maktablarni qayta oçişga qaror qildi. 16 oylik harbiy harakatlardan söng, 23 fevral kuni öquvçilar yana darslarga qaytiş imkoniga ega böldi.

Falastin Ta’lim vazirligi ta’kidlaşiça, darslar saqlanib qolgan va ta’mirlangan maktablarda, şuningdek, vaqtinçalik öquv maskanlarida taşkil etiladi. Onlayn ta’lim ham yölga qöyiladi, bu esa bosib olingan hududlardagi öquvçilarga öqişni davom ettiriş imkonini beradi.

Biroq vaziyat oğir: maktab binolari vayron bölgan, öquv materiallari yetişmaydi. Vazirlik xalqaro inson huquqlari taşkilotlarini Ğazoga ta’lim resurslarini yetkaziş uçun Isroilga bosim ötkazişga çaqirdi.

Ğazo sektorida 19 yanvarda e’lon qilingan öt oçişni töxtatiş rejimiga qaramay, qurbonlar soni ortişda davom etmoqda. Oxirgi 24 soat içida ikki falastinlik halok bölgan, ulardan biri vayronalar ostida qolib ketgan.

7 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari oqibatida halok bölganlar soni 48 ming 348 kişiga yetdi, yaralanganlar soni esa 111 ming 761 nafarni taşkil etmoqda. Halok bölganlarning katta qismi ayollar va bolalar ekani qayd etilgan.

Suriyada milliy muloqot konferensiyasi

Suriyada milliy birdamlik va tiklaniş yönalişidagi eng yirik anjuman — «Suriya milliy muloqoti» konferensiyasi mamlakat poytaxti Damaşqda start oldi. Unda 600 dan ortiq delegat iştirok etmoqda. Bu tadbir Suriyadagi 13 yillik fuqarolik uruşidan söng mamlakatni birlaştiriş yölidagi katta qadam sifatida baholanmoqda.

Prezident Ahmad Al-Şar’a oçiliş marosimida davlatning yagona harbiy nazorati lozimligini ta’kidlar ekan, «Qurol bir qölda, davlat qölida jamlanişi – bu nafaqat ehtiyoj, balki burçdir», dedi.

Konferensiya Suriyada tinçlik va qayta tiklanişni ta’minlaş maqsadida ötkazilmoqda. Al-Şar’a xalqni birlaşişga va mamlakatni tiklaş yölida hamkorlikka çaqirdi: «Biz birgalikda yurtimizning bitmas-tuganmas dardlariga malham bölişimiz kerak», dedi u.